https://oz.sputniknews.uz/20230906/tarixda-ilk-bor-unwto-bosh-assambleyasi-sessiyasi-ozbekistonda-otkaziladi-38637943.html
Tarixda ilk bor UNWTO Bosh Assambleyasi sessiyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
Tarixda ilk bor UNWTO Bosh Assambleyasi sessiyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi marta BMT oilasiga kiruvchi tashkilotning eng muhim tadbiri hisoblangan va ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan Bosh assambleyaga mezbonlik qilmoqda.
2023-09-06T18:00+0500
2023-09-06T18:00+0500
2023-09-06T18:00+0500
turizm
o‘zbekiston
samarqand
bmt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Joriy yilning 16-20 oktabr kunlari Samarqand shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi marta BMT oilasiga kiruvchi tashkilotning eng muhim tadbiri hisoblangan va ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan Bosh assambleyaga mezbonlik qilmoqda.Bugunga kelib, Saudiya Arabistoni, Albaniya, Ozarbayjon, Bagama, Baxreyn, Gvatemala, Gaiti, KotDivuar, Indoneziya, Monako, Niger, Panama, Portugaliya, Siyerra Lione, Ukraina, Urugvay, Yaman kabi mamlakatlarning turizm idoralari rahbarlari Samarqandga kelishi kutilmoqda.Bosh Assambleyaning 25-sessiyasi doirasida turizm sohasidagi xalqaro hamkorlik masalalari yalpi sessiyalar va boshqa qator keng miqyosli anjumanlarda muhokama qilinishi kutilmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
unwto bosh assambleyasi sessiyasi o‘zbekiston
unwto bosh assambleyasi sessiyasi o‘zbekiston
Tarixda ilk bor UNWTO Bosh Assambleyasi sessiyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi marta BMT oilasiga kiruvchi tashkilotning eng muhim tadbiri hisoblangan va ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan Bosh assambleyaga mezbonlik qilmoqda.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Joriy yilning 16-20 oktabr kunlari Samarqand shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi
xabar berdi. Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi marta BMT oilasiga kiruvchi tashkilotning eng muhim tadbiri hisoblangan va ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan Bosh assambleyaga mezbonlik qilmoqda.
Tadbir 160 ga yaqin davlatdan turizm yo‘nalishida faoliyat yurituvchi davlat idoralari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va turistik biznes vakillarini birlashtiradi.
Bugunga kelib, Saudiya Arabistoni, Albaniya, Ozarbayjon, Bagama, Baxreyn, Gvatemala, Gaiti, KotDivuar, Indoneziya, Monako, Niger, Panama, Portugaliya, Siyerra Lione, Ukraina, Urugvay, Yaman kabi mamlakatlarning turizm idoralari rahbarlari Samarqandga kelishi kutilmoqda.
O‘zbekiston keyingi 2023-2027 yillar uchun UNWTO Ijroya kengashining Vakolatlar bo‘yicha qo‘mitasi a’zoligiga qabul qilindi. Bu UNWTO Ijroiya kengashi tomonidan qabul qilinadigan muhim qaror va hujjatlar, ularda a’zo davlatlar ishtirokining haqqoniyligi va tamoyillarga mosligini nazorat qilish vakolati O‘zbekistonga ishonib topshirilganligini bildiradi.
Bosh Assambleyaning 25-sessiyasi doirasida turizm sohasidagi xalqaro hamkorlik masalalari yalpi sessiyalar va boshqa qator keng miqyosli anjumanlarda muhokama qilinishi kutilmoqda.