Rossiya va Saudiya Arabistonining neft qazib olishni qisqartirishi Yevropani xonavayron qiladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishNeftanaya kachalka, illyustrativnoe foto
Neftanaya kachalka, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2023
Obuna bo‘lish
Avvalroq Rossiya va Arabiston neft qazib olishni ixtiyoriy ravishda qisqartirishini e’lon qilgandan so‘ng "qora oltin" narxi ko‘tarilgan edi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Neft qazib olishni qisqartirish dunyo tartibini o‘rgartirish uchun Rossiya va Saudiya Arabistonining vositalaridan biridir. Bu haqda Tadqiqotlar va tarjimalar Osiyo markazi direktori Ahmad Mustafo ma’lum qildi.
“Brent” narxi 90 dollardan oshdi, bu neftga ega mamlakatlar uchun foydali. Bu (neft qazib olishni qisqartirish – tahr.) dunyo tartibini o‘zgartirish uchun Rossiya va Saudiya Arabistonining qurollaridan biridir. Boz ustiga, agar Ukrainani muzokaralar stoliga o‘tqazishga majburlashmasa, Yevropa dahshatli kuz va qishga duch keladi”, - dedi u RIA Novosti bilan suhbatda.
Ekspertning fikriga ko‘ra, neft narxining ko‘tarilishi “G‘arbga strategik ta’sir o‘tkazadi va Yevropani xonavayron qiladi”. Shuningdek, u AQSh strategik zaxiralaridan foydalanishni boshlaganiga e’tibor qaratdi.
Avvalroq SPA yangiliklar agentligi o‘z manbasiga tayangan holda Saudiya Arabistoni neft qazib olishni sutkasiga 1 million barrelga ixtiyoriy qisqartirishni yil oxiriga qadar uzaytirishini xabar qildi. Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak ham Rossiya neft qazib olishni kuniga 300 ming barrelga ixtiyoriy qisqartirishni 2023-yil dekabri oxirigacha uzaytirishini ma’lum qildi.
Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, bundan buyon neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha ixtiyoriy qaror har oyda qayta ko‘rib chiqiladi va jahon bozoridagi vaziyatdan kelib chiqqan holda tegishli qaror qabul qilinadi.
Shundan so‘ng neft narxi 2 foizga ko‘tarildi, “Brent” qiymati esa 2022-yil noyabridan buyon 91 dollarlik dovondan oshdi.
Yangiliklar lentasi
0