Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidan o‘tuvchi energiya resurslari ustidan nazorat kuchaytiriladi

© unsplash/pisauikanElektr uzatish liniyalari
Elektr uzatish liniyalari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2023
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan energiya resurslarini olib o‘tishda ustidan bojxona nazoratini muhokama qilmoqda.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegaradagi energiya resurslari ustidan qo‘shma bojxona nazoratini muhokama qilmoqda. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar berdi.
Qozog‘iston parlamenti deputatlari Qozog‘iston-O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali energiya resurslarini olib o‘tishda qo‘shma bojxona nazorati to‘g‘risidagi O‘zbekiston bilan hukumatlararo bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishdi.
2021 yil 6-dekabr kuni Ostona shahrida Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida energiya resurslarini ikki davlat chegarasi orqali quvur transporti va elektr uzatish liniyalari orqali olib o‘tishda qo‘shma bojxona nazorati to‘g‘risida kelishuv imzolangan.
“Bitimni ratifikatsiya qilish Qozog‘iston-O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali quvur va elektr uzatish liniyalari orqali olib o‘tilayotgan energiya resurslari ustidan nazorat samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda”, - deyilgan xabarda.
2023 yil avgustida Qozog‘iston “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvurining Qozog‘iston qismi orqali Rossiya gazini O‘zbekistonga 10 milliard kub metrgacha yetkazish masalasini muhokama qilayotgani xabar qilingan edi. Energetika vaziri o‘rinbosari Asxat Xasenov gaz tashish tizimi tranzitga ruxsat berishini, biroq “texnik imkoniyatlarni qaytadan tasdiqlash” va uni modernizatsiya qilish zarurligini ta’kidladi.
Shu yilning 18-yanvarida Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi va Qozog‘iston hukumati o‘rtasida gaz sanoati sohasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolangan bo‘lsa, 24-yanvar kuni “Gazprom” va O‘zbekiston Energetika vazirligi o‘rtasida xuddi shunday hujjat imzolangan.
Yangiliklar lentasi
0