https://oz.sputniknews.uz/20230906/naslchilik-xojaligi-maqom-onlayn-olish-38614368.html
Endi naslchilik xo‘jaligi maqomini onlayn olish mumkin
Endi naslchilik xo‘jaligi maqomini onlayn olish mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish miqdori 594 ming so‘mni tashkil etadi.
2023-09-06T10:03+0500
2023-09-06T10:03+0500
2023-09-06T11:11+0500
jamiyat
o‘zbekiston
chorva
yangi qaror
hayvonlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/965/46/9654676_0:83:3072:1811_1920x0_80_0_0_2aee1438d538af525cf1430e0563ea54.jpg
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Endi naslchilik xo‘jaligi maqomini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. Bu Hukumatning 449-sonli qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentda nazarda tutilgan.Reglamentga ko‘ra, naslchilik xo‘jaligi maqomi talabgorning murojaatida ko‘rsatilgan muayan toifaga mansub zotdagi chorva hayvonlari (yovvoyi va xonaki hayvonlar, shuningdek, parrandalar, baliqlar, muayan hayvonlar hamda asalarilar) turiga yoki faoliyat yo‘nalishiga qarab beriladi.Talabgor yoki uning vakili davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki YaIDXP (my.gov.uz)da ro‘yxatdan o‘tadi.So‘rovnoma to‘ldirilib, unga quyidagilar ilova qilinadi:Vakolatli organ so‘rovnomadagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini aniqlash uchun 10 ish kuni ichida joyiga chiqqan holda o‘rganadi.Shuningdek, o‘rganish vaqtida tumanlar (shaharlar) veterinariya bo‘limlari orqali talabgorning epizootik barqarorligi, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari ham o‘rganiladi.Naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma 5-yil muddatga beriladi. Guvohnoma olgan shaxs uni boshqa shaxsga foydalanish uchun berishi mumkin emas.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/965/46/9654676_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_8050ddeba45a84055bee840877ad612a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston naslchilik xo‘jaligi maqomi onlayn olish davlat xizmatlari markazi yaidxp my.gov.uz nasldor chorva hayvonlar
o‘zbekiston naslchilik xo‘jaligi maqomi onlayn olish davlat xizmatlari markazi yaidxp my.gov.uz nasldor chorva hayvonlar
Endi naslchilik xo‘jaligi maqomini onlayn olish mumkin
10:03 06.09.2023 (yangilandi: 11:11 06.09.2023) Onlayn ro‘yxatdan o‘tish miqdori 594 ming so‘mni tashkil etadi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Endi naslchilik xo‘jaligi maqomini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. Bu Hukumatning
449-sonli qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentda nazarda tutilgan.
Reglamentga ko‘ra, naslchilik xo‘jaligi maqomi talabgorning murojaatida ko‘rsatilgan muayan toifaga mansub zotdagi chorva hayvonlari (yovvoyi va xonaki hayvonlar, shuningdek, parrandalar, baliqlar, muayan hayvonlar hamda asalarilar) turiga yoki faoliyat yo‘nalishiga qarab beriladi.
Talabgor yoki uning vakili davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki YaIDXP (my.gov.uz)da ro‘yxatdan o‘tadi.
So‘rovnoma to‘ldirilib, unga quyidagilar ilova qilinadi:
naslchilik zavodi, naslchilik xo‘jaligi, genofoid xo‘jaligi maqomini olishga talabgorlar uchun – so‘nggi 3-yilda o‘tkazilgan naslli mahsulotlar (materiallar) bonitirovkasi natijalari bo‘yicha ma’lumotnomalar nusxasi;
nasldor chorva hayvonlarining identifikatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
tegishli chorva hayvonlari turlari bo‘yicha naslchilik xo‘jaligi maqomini olish uchun minimal talablarga muvofiqligi bo‘yicha talabgor tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar.
“Davlat xizmati ko‘rsatganlik uchun BHMning 2 baravari (660 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. YaIDXP orqali murojaat etilganda mazkur miqdor 594 ming so‘mni tashkil etadi”, - deyilgan hujjatda.
Vakolatli organ so‘rovnomadagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini aniqlash uchun 10 ish kuni ichida joyiga chiqqan holda o‘rganadi.
Shuningdek, o‘rganish vaqtida tumanlar (shaharlar) veterinariya bo‘limlari orqali talabgorning epizootik barqarorligi, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari ham o‘rganiladi.
Naslchilik xo‘jaligi maqomi berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma 5-yil muddatga beriladi. Guvohnoma olgan shaxs uni boshqa shaxsga foydalanish uchun berishi mumkin emas.