https://oz.sputniknews.uz/20230906/eoii-hamkorlik-xarita-38625640.html
YeOII kim bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan — xarita
YeOII kim bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan — xarita
Sputnik O‘zbekiston
YeOII Osiyo, Afrika va Amerika qit’asidagi aksariyat davlatlar bilan hamkorlik shartnomalari imzolagan.
2023-09-06T14:26+0500
2023-09-06T14:26+0500
2023-09-06T14:26+0500
infografika
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/05/38601563_0:0:3639:2047_1920x0_80_0_0_dbed6e493fc2bbab1ec0be4b8d0fcedf.png
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) dunyoning deyarli barcha qit’alaridagi davlatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bugungi kunda YeOII bilan hamkorlik eng yuqori darajada bo‘lgan davlatlar bu — O‘zbekiston, Moldova va Kuba. Shu bilan birga, kuzatuvchi maqomini olgan davlat YeOII a’zolari manfaatlariga, tashkilotning obyekti va maqsadlariga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlardan voz kechishi shart. Ular kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lib YeOII va YeIKning aksariyat yig‘ilishlarida ishtirok etish huquqiga ega. Shuningdek kuzatuvchi davlatlar YeOII bilan hamkorlik qilishEvroosiyo qit’asida iqtisodiy salohiyati yirik bo‘lgan davlatlar — Xitoy va Eron bilan YeOII o‘rtasida turli sohalarni qamrab oluvchi bir necha savdo shartnomalari imzolangan. Shuningdek, YeOII hamkorlik modellarini Xitoyning "Bir kamar, bir yo‘l" tashabbusi bilan bog‘lash uslublari ham mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda. YeOIIga va XXR o‘rtasida o‘zaro savdo, transport-logistika infratuzilmasi, sarmoyaviy hamkorlik, ishlab chiqarish zanjirlarini, pul va moliyaviy munosabatlarni o‘zaro manfaatli kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar va salohiyatlar tahlil qilingan va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.YeOII hamda Vyetnam va Serbiya o‘rtasida erkin savdo hududi shartnomalari imzolangan. Hindiston, Pokiston, Mo‘g‘uliston va Indoneziya kabi qit’aning yirik iqtisodlari bilan hamkorlik istiqbollarini aniqlash uchun o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolangan. YeOII hamda Afrika va Janubiy Amerikaning deyarli barcha davtlari orasida ham ana shunda memorandumlar imzolangan.2019 yil sentabr oyida Antiguada (Gvatemala) “Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi – Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari: mintaqaviy integratsiyani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik” forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK), YeOII davlatlari vakillari hamda Lotin Amerika davlatlari intgeratsion uyushmasi (SELA) davlatlari ishtirokidagi birinchi yuqori darajadagi qo‘shma tadbir bo‘lib o‘tdi. Ana shunday memorandumlar 2017-yil 23-martida Limada And hamjamiyatining Bosh kotibiyati bilan, 2018-yil 24-may sanasida Sankt-Peterburgda Lotin Amerikasi iqtisodiy tizimi bilan imzolandi.Markaziy Amerikada iqtisodiy integratsiya bo‘yicha Kotibiyati (MERKOSUR) va YeIK orasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha hamkorlik memorandumlari 2018-yilning 17-dekabrida Montevideoda hamda 2021-yilning 25-fevralida Moskvada imzolangan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/05/38601563_455:0:3184:2047_1920x0_80_0_0_d69ed217a4384007eb62ddb03bde569e.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi yeoii osiyo afrika amerika davlatlar hamkorlik shartnoma
yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi yeoii osiyo afrika amerika davlatlar hamkorlik shartnoma
YeOII kim bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan — xarita
YeOII Osiyo, Afrika va Amerika qit’asidagi aksariyat davlatlar bilan hamkorlik shartnomalari imzolagan. Batafsil infografikamizda tanishing.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) dunyoning deyarli barcha qit’alaridagi davlatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
Bugungi kunda YeOII bilan hamkorlik eng yuqori darajada bo‘lgan davlatlar bu — O‘zbekiston, Moldova va Kuba.
Kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan davlatlar YeOIIning yig‘ilishlarda qatnashish, Ittifoq organlari tomonidan qabul qilingan, maxfiy xususiyatga ega bo‘lmagan hujjatlar bilan tanishish imkoniyatiga ega. Shu bilan birga, ushbu maqom YeOIIda qarorlar qabul qilishda ishtirok etish huquqini bermaydi.
Shu bilan birga, kuzatuvchi maqomini olgan davlat YeOII a’zolari manfaatlariga, tashkilotning obyekti va maqsadlariga zarar etkazishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlardan voz kechishi shart.
Ular kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lib YeOII va YeIKning aksariyat yig‘ilishlarida ishtirok etish huquqiga ega. Shuningdek kuzatuvchi davlatlar YeOII bilan hamkorlik qilish
Yevroosiyo qit’asida iqtisodiy salohiyati yirik bo‘lgan davlatlar — Xitoy va Eron bilan YeOII o‘rtasida turli sohalarni qamrab oluvchi bir necha savdo shartnomalari imzolangan. Shuningdek, YeOII hamkorlik modellarini Xitoyning "Bir kamar, bir yo‘l" tashabbusi bilan bog‘lash uslublari ham mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.
YeOIIga va XXR o‘rtasida o‘zaro savdo, transport-logistika infratuzilmasi, sarmoyaviy hamkorlik, ishlab chiqarish zanjirlarini, pul va moliyaviy munosabatlarni o‘zaro manfaatli kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar va salohiyatlar tahlil qilingan va hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
YeOII hamda Vyetnam va Serbiya o‘rtasida erkin savdo hududi shartnomalari imzolangan.
Hindiston, Pokiston, Mo‘g‘uliston va Indoneziya kabi qit’aning yirik iqtisodlari bilan hamkorlik istiqbollarini aniqlash uchun o‘zaro anglashuv memorandumlari imzolangan.
YeOII hamda Afrika va Janubiy Amerikaning deyarli barcha davtlari orasida ham ana shunda memorandumlar imzolangan.
2019 yil sentabr oyida Antiguada (Gvatemala) “Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi – Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari: mintaqaviy integratsiyani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik” forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK), YeOII davlatlari vakillari hamda Lotin Amerika davlatlari intgeratsion uyushmasi (SELA) davlatlari ishtirokidagi birinchi yuqori darajadagi qo‘shma tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ana shunday memorandumlar 2017-yil 23-martida Limada And hamjamiyatining Bosh kotibiyati bilan, 2018-yil 24-may sanasida Sankt-Peterburgda Lotin Amerikasi iqtisodiy tizimi bilan imzolandi.
Markaziy Amerikada iqtisodiy integratsiya bo‘yicha Kotibiyati (MERKOSUR) va YeIK orasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha hamkorlik memorandumlari 2018-yilning 17-dekabrida Montevideoda hamda 2021-yilning 25-fevralida Moskvada imzolangan edi.