https://oz.sputniknews.uz/20230906/buxoroda-yil-oxirigacha-250-ming-ish-orinlari-yaratiladi-38646906.html
Buxoroda yil oxirigacha 250 mingta ish o‘rinlari yaratiladi
Buxoroda yil oxirigacha 250 mingta ish o‘rinlari yaratiladi
Sputnik O‘zbekiston
Buxoro viloyatida 2023-yilda 250 mingta ish o‘rinlari yaratilishi, 2023-2025 yillarda viloyati aholisini to‘liq ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
2023-09-06T22:43+0500
2023-09-06T22:43+0500
2023-09-07T10:18+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
yangi ish o‘rinlari
buxoro viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/06/38646743_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_f7fb3116a020af97ae06e2335fe55517.jpg
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida aholini ish bilan ta’minlashga doir takliflar bilan tanishdi. Buni amalga oshirish uchun viloyatda yetarlicha yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Xususan, paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlarida. Buxoroda 11 ta shunday korxonalar mavjud bo‘lib ular 94 mingta ish o‘rinlari yaratishga tayyor. Shu jumladan kasanachilikni rivojlantirish orqali 19 mingta ish o‘rni ochilishi rejalashtirilmoqda.Undan tashqari mahallalarda turli xizmatlar taklif qiluvchi 57 ta mikromarkaz, ishsizlik yuqori bo‘lgan 98 ta mahallada tikuv sexlarini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.Shuningdek, qayta foydalanishga kiritlayotgan ekin yerlarida dehqon xo‘jaliklari tashkil etib, ularning negizida ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar ham bor. Umumiy hisobda ushbu chora-tadbirlar natijasida 2023-yilda 250 mingta ish o‘rni yaratilishi, 2023-2025 yillarda Buxoro viloyati aholisi to‘liq ish bilan ta’minlangan hududga aylantirilishi qayd etildi.
buxoro viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/06/38646743_44:0:1181:853_1920x0_80_0_0_635b36b21be974cbd60c2d2508adaff0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
buxoro ish o‘rinlari prezident shavkat mirziyoyev
buxoro ish o‘rinlari prezident shavkat mirziyoyev
Buxoroda yil oxirigacha 250 mingta ish o‘rinlari yaratiladi
22:43 06.09.2023 (yangilandi: 10:18 07.09.2023) Buxoro viloyatida 2023-yilda 250 mingta ish o‘rinlari yaratilishi, 2023-2025 yillarda viloyati aholisini to‘liq ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida aholini ish bilan ta’minlashga doir takliflar bilan tanishdi.
"Hozirgi kunda Buxoro viloyatida 1 milliondan ziyod mehnatga layoqatli aholi bo‘lib, shundan 76 ming nafari ishsiz. Har yili mehnat bozoriga 37 mingga yaqin yoshlar kirib kelmoqda. Bularning hammasini inobatga olib, Buxoro viloyatini 2023-2025 yillarda aholisi to‘liq ish bilan ta’minlangan hududga aylantirish maqsad qilingan", - deyiladi xabarda.
Buni amalga oshirish uchun viloyatda yetarlicha yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Xususan, paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlarida. Buxoroda 11 ta shunday korxonalar mavjud bo‘lib ular 94 mingta ish o‘rinlari yaratishga tayyor. Shu jumladan kasanachilikni rivojlantirish orqali 19 mingta ish o‘rni ochilishi rejalashtirilmoqda.
Undan tashqari mahallalarda turli xizmatlar taklif qiluvchi 57 ta mikromarkaz, ishsizlik yuqori bo‘lgan 98 ta mahallada tikuv sexlarini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, qayta foydalanishga kiritlayotgan ekin yerlarida dehqon xo‘jaliklari tashkil etib, ularning negizida ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar ham bor.
Umumiy hisobda ushbu chora-tadbirlar natijasida 2023-yilda 250 mingta ish o‘rni yaratilishi, 2023-2025 yillarda Buxoro viloyati aholisi to‘liq ish bilan ta’minlangan hududga aylantirilishi qayd etildi.