Bugun poytaxtning 2 tumanida gaz o‘chiriladi — manzillar

© Sputnik / Pavel LisisinGazovaya plita
Gazovaya plita - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida Sergeli va Yangihayot tumanlari gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Bugun, 6-sentabr kuni, Toshkent shahrining Sergeli va Yangihayot tumanlarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida Sergeli va Yangihayot tumanlari gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan bu tumanlarning ba’zi mahalla va ko‘chalarida 11:00 dan 17:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Sergeli tumanida:
Qumariq mahallasining Obirahmat, U. Yusupov ko‘chalari;
Xonobodtepa mahallasining Xonobod ko‘chasi;
Sultonobod mahallasining Yangi turmush, Do‘stlik ko‘chalari;
Uchta ulgurji iste’molchi.
Yangihayot tumanida:
Olchazor mahallasining Yorqin hayot ko‘chasi;
Binokor mahallasining Shokir ko‘chasi;
Uchta ulgurji iste’molchi.
Yangiliklar lentasi
0