AQSh Shimoliy Koreyadan Rossiyaga qurol yetkazib bermaslikni so‘ramoqchi

© Sputnik / Sergey Orlov / Mediabankka o‘tishShimoliy Koreya va Rossiya bayroqlari
Shimoliy Koreya va Rossiya bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2023
Obuna bo‘lish
Davlat departamenti: AQSh Shimoliy Koreyadan Rossiyaga qurol yetkazib berishdan vos kechishini so‘ramoqchi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. AQSh Shimoliy Koreyadan Rossiyaga qurol yetkazib bermaslikni so‘ramoqchi. Bu haqda AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Rossiya Federatsiyasi va KXDR o‘rtasidagi mudofaa chizig‘idagi hamkorlikda taraqqiyot borligini ko‘rmoqda, ammo KXDRni Rossiyani qurol-yarog‘ bilan ta’minlash rejalaridan voz kechishga ko‘ndirishda davom etadi.
“Bizning tahlilimiz shuni ko‘rsatadiki, KXDR va Rossiya mudofaa sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muzokaralar hozir oldinga siljimoqda...Ammo biz shimoliy koreyaliklarni qadam tashlamaslikka (bu yo‘nalishda – tahr.) ishontirish imkoniyatlarini izlashda davom etamiz”, - dedi Sallivan.
Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning Eron va Shimoliy Koreya bilan Ukrainada foydalanish uchun qurol yetkazib berish bo‘yicha hamkorligi ehtimoli haqida bir necha bor ta’kidlagan. Moskva bu da’volarni rad etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0