Afg‘oniston-Pokiston chegarasida qurolli to‘qnashuvlar yuz bermoqda

© AP Photo / Rahmat GulSoldat Afganskoy natsionalnoy armii. Arxivnoe foto
Soldat Afganskoy natsionalnoy armii. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2023
Obuna bo‘lish
Otishma oqibatida chegaraning har ikkala tomonida minglab tinch aholi harakati to‘sib qo‘yilgan. Mahalliy aholi xavfli hududni tashlab ketishga urinmoqda.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Afg‘oniston va Pokiston chegarasidagi "Torxam" nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida Afg‘oniston harbiylari va Pokiston chegara qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi, otishma ovozlari eshitilmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti mahalliy guvohlarga asoslanib.

Ular aytishiga ko‘ra, ushbu hodisa oqibatida chegara hududida minglab tinch aholi harakati to‘sib qo‘yilgan. Chegaraning har ikki tomonidagi tinch aholi o‘z uylarini tashlab, xavfli hududni tark etishga urinmoqda.

"Torxam" nazorat-o‘tkazish punkti Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi uchta asosiy savdo va tranzit yo‘llaridan biri hisoblanadi. Pokistondan Markaziy Osiyoga jo‘natilayotgan tijorat tovarlari ham "Torxam" nazorat punkti orqali jo‘natiladi.
Yangiliklar lentasi
0