Rossiya Mudofaa vazirligi yangi “Berejok” BMP-2M partiyasini oldi

BMP-2M s modulem Berejok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2023
Obuna bo‘lish
“Berejok”ga ega BMP-2M kompleksi maxsus harbiy operatsiya hududida o‘z samaradorligini ko‘rsatgan.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. “Visokotochnie kompleksi” xoldingi (“Rostex” tarkibiga kiradi) Rossiya Mudofaa vazirligiga modernizatsiya qilingan “Berejok” jangovar bo‘limli BMP-2M piyoda jangovar mashinalarining yangi partiyasini yetkazib berdi. Bu haqda “Rostex” matbuot xizmati xabar berdi.
“Berejok”ga ega BMP-2M kompleksi maxsus harbiy operatsiya hududida o‘z samaradorligini ko‘rsatdi. Mazkur harbiy texnikadan kechayu kunduz faol foydalanayotgan harbiylar uning yuqori hujum kuchi va harakatchanligini qayd etishmoqda”, — deya ma’lum qildi “Rostex” oddiy qurollar, o‘q-dorilar va maxsus kimoviy moddalar klasteri sanoat direktori Bekxan Ozdoyev.
Uning eslatishicha, bugungi kunda korporatsiyaning mudofaa korxonalari haftada olti kun ikki-uch smenada ishlamoqda.
“Berejok” jangovar bo‘linmasi bo‘lgan BMP-2M Tula asbobsozlik konstruktorlik burosi (KBP) tomonidan ishlab chiqilgan. “Berejok” quroli tarkibiga 30 mm 2A42 avtomati, 7,62 mm PKTM pulemoti, 30 mm AG-30M avtomatik granata otish moslamasi, shuningdek, ikkita “Kornet” tankka qarshi boshqariladigan raketa otish moslamasi kiradi. Bu sakkiz kilometrgacha bo‘lgan masofada dushmanning piyoda askarlarini, istehkomlarini, zirhli texnikasini va hatto tanklarini yo‘q qilish imkonini beradi.
Yangiliklar lentasi
0