Yana Zelenskiy: Fransiyada Ukrainaning navbatdagi yolg‘onlari oshkor etildi

© AP Photo / Mindaugas KulbisUkraina prezidenti Vladimir Zelenskiy
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2023
Obuna bo‘lish
Florian Filippo: Zelenskiy yana uchinchi jahon urushini boshlashga urinmoqda!
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Ruminiyada rus dronlarining portlagani haqidagi yana bir yolg‘on gapi uchinchi jahon urushining boshlanishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Fransiyaning “Patriotlar” partiyasi yetakchisi Florian Filippo X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Zelenskiy yana uchinchi jahon urushini boshlashga urinmoqda! "Rossiyaning Polshadagi raketalari"dan so‘ng (bu yolg‘on edi), Kiyev bu safar Rossiyaning uchuvchisiz dronlari NATO davlati - Ruminiyada portlaganiga ishontirmoqda! Ruminiya bu ma’lumotni "qat’iy rad etdi". Mas’uliyatsiz Zelenskiy!", - deb izoh berdi Filippo.

Avvalroq Ukraina Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Oleg Nikolayenko chegara xizmatiga tayanib, Rossiyaning uchuvchisiz qurilmalari Ruminiya hududiga tushib, portlaganini ma’lum qilgandi. Biroq Ruminiya Mudofaa vazirligi ukrainalik rasmiyning bayonotini rad etib, Rossiya qurollari hech qachon mamlakatning “milliy hududi yoki hududiy suvlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy tahdidlar” yaratmaganini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0