https://oz.sputniknews.uz/20230905/yuneskoning-parijdagi-qarorgohida-abu-rayhon-beruniy-korgazmasi-ochildi-38594901.html
YuNESKOning Parijdagi qarorgohida Abu Rayhon Beruniy ko‘rgazmasi ochildi — foto
YuNESKOning Parijdagi qarorgohida Abu Rayhon Beruniy ko‘rgazmasi ochildi — foto
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, loyiha buyuk alloma va mutafakkir tavalludining 1050-yilligiga bag‘ishlangan.
2023-09-05T17:19+0500
2023-09-05T17:19+0500
2023-09-05T17:19+0500
madaniyat
o‘zbekiston
saida mirziyoyeva
fransiya
parij
yunesko
ko‘rgazma
abu rayhon beruniy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/05/38595261_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_a0f3ac2e35d225162c9d4b701878d2b7.jpg
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Kecha, 4-sentabr kuni YuNESKOning Parijdagi Bosh qarorgohida “Abu Rayhon Beruniy. Geografik va intellektual sayohatlar” ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.Ta’kidlanishicha, loyiha buyuk alloma va mutafakkir tavalludining 1050-yilligiga bag‘ishlangan.Qayd etilishicha, tashrif buyuruvchilar vizual installyatsiyalar yordamida Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodi, kashfiyot va izlanishlari haqida ma’lumot olishlari mumkin. Ekspozitsiyada allomaning Fransiya milliy kutubxonasi fondidan yig‘ilgan qo‘lozmalariga alohida joy ajratilgan.U, shuningdek, O‘zbekiston YuNESKO Bosh Konferensiyasining 43-sessiyasini 2025-yilda Samarqandda o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qilgan.“Agar ushbu taklif ma’qullansa, bu tarixiy voqea YuNESKO sessiyalarini faqat Parijda chaqirish bo‘yicha 40-yildan oshiq davom etgan an’anani o‘zgartira oladi”, - deb yozadi Mirziyoyeva.
o‘zbekiston
parij
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/05/38595261_71:0:1210:854_1920x0_80_0_0_197645ecdbd901c659d4c2da04250739.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yunesko abu rayhon beruniy
yunesko abu rayhon beruniy
YuNESKOning Parijdagi qarorgohida Abu Rayhon Beruniy ko‘rgazmasi ochildi — foto
Ta’kidlanishicha, loyiha buyuk alloma va mutafakkir tavalludining 1050-yilligiga bag‘ishlangan.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Kecha, 4-sentabr kuni YuNESKOning Parijdagi Bosh qarorgohida “Abu Rayhon Beruniy. Geografik va intellektual sayohatlar” ko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva
ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, loyiha buyuk alloma va mutafakkir tavalludining 1050-yilligiga bag‘ishlangan.
Qayd etilishicha, tashrif buyuruvchilar vizual installyatsiyalar yordamida Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodi, kashfiyot va izlanishlari haqida ma’lumot olishlari mumkin. Ekspozitsiyada allomaning Fransiya milliy kutubxonasi fondidan yig‘ilgan qo‘lozmalariga alohida joy ajratilgan.
“O‘ylaymanki, ushbu loyiha Yevropa jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otib, buyuk allomalarimiz merosi bilan faxrlanadigan o‘zbek zamini haqidagi tasavvurlarini yanada boyitadi”, - deb yozadi Mirziyoyeva.
U, shuningdek, O‘zbekiston YuNESKO Bosh Konferensiyasining 43-sessiyasini 2025-yilda Samarqandda o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qilgan.
“Agar ushbu taklif ma’qullansa, bu tarixiy voqea YuNESKO sessiyalarini faqat Parijda chaqirish bo‘yicha 40-yildan oshiq davom etgan an’anani o‘zgartira oladi”, - deb yozadi Mirziyoyeva.