https://oz.sputniknews.uz/20230905/yashillik-qulaylik-va-tejamkorlik-mirziyoev-yangi-toshkentning-bosh-rejasi-bilan-tanishdi-38610431.html
Yashillik, qulaylik va tejamkorlik: Mirziyoyev Yangi Toshkentning bosh rejasi bilan tanishdi
Yashillik, qulaylik va tejamkorlik: Mirziyoyev Yangi Toshkentning bosh rejasi bilan tanishdi
Sputnik O‘zbekiston
Yangi Toshkent “aqlli” va “bog‘ shahar” bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Buning uchung sun’iy kanallar va ko‘llar tashkil etiladi.
2023-09-05T22:43+0500
2023-09-05T22:43+0500
2023-09-06T11:31+0500
jamiyat
prezident
shavkat mirziyoyev
yangi toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/05/38610150_203:168:1280:774_1920x0_80_0_0_ce6b81a4563ae4d1e7390d0cd5181eb8.jpg
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-sentabr kuni "ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasida Yangi Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi.Yangi Toshkent uchun Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan 19 ming 720 gektar yer tanlab olingan. Birinchi bosqichda 2,5 ming gektarda 100 ming aholi uchun uy-joylar va infratuzilma obyektlari qurish rejalashtirilgan.Ma’muriy markazda davlat idoralari, Yangi O‘zbekiston universiteti, kutubxona, tarix muzeyi, madaniyat saroylari joylashadi. Shuningdek, shaharda ishbilarmonlik va innovatsiya tumanlari, ta’lim, tibbiyot va turizm klasterlari bo‘ladi. Yangi Toshkent loyihasi Singapur, Angliya, Xitoy, Germaniya, Turkiya, Niderlandiya, Janubiy Koreya, BAA kabi davlatlarning 20 ta ilg‘or kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, prezident yangi shahar loyihasi zamonaviy loyihalar bilan hamohang bo‘lishi, loyihani shoshmasdan amalga oshirish zarurligi v u kelajak loyihalar uchun "maktab" bo‘lishi kerakligini alohida ta’kidladi. Eslatib o‘tamiz, Yangi Toshkent loyihasi bo‘yicha prezident qarori 2023-yil 20-iyulda qabul qilingan edi. Unga muvofiq, Yangi Toshkentni barpo etish ishlarini muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi hamda direksiya tashkil etildi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida bu loyihaga mas’ul o‘rinbosar lavozimi joriy qilindi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/05/38610150_253:69:1235:805_1920x0_80_0_0_0a825fbba1b69a4b6a1f84b02ddbdea6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangi toshkent mirziyoyev
yangi toshkent mirziyoyev
Yashillik, qulaylik va tejamkorlik: Mirziyoyev Yangi Toshkentning bosh rejasi bilan tanishdi
22:43 05.09.2023 (yangilandi: 11:31 06.09.2023) Yangi Toshkent “aqlli” va “bog‘ shahar” bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Buning uchung 420 gektar maydonda markaziy bog‘, sun’iy kanallar va ko‘llar tashkil etiladi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-sentabr kuni "ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasida Yangi Toshkent shahrining bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi.
Yangi Toshkent uchun Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan 19 ming 720 gektar yer tanlab olingan. Birinchi bosqichda 2,5 ming gektarda 100 ming aholi uchun uy-joylar va infratuzilma obyektlari qurish rejalashtirilgan.
"Loyihada yashillik, qulaylik va tejamkorlikka alohida e’tibor qaratilgan, faol iqtisodiyot va ijtimoiy hayot uyg‘unlashtirilgan, transport tarmoqlari poytaxtimiz bilan oqilona bog‘langan", - deyiladi xabarda.
Ma’muriy markazda davlat idoralari, Yangi O‘zbekiston universiteti, kutubxona, tarix muzeyi, madaniyat saroylari joylashadi. Shuningdek, shaharda ishbilarmonlik va innovatsiya tumanlari, ta’lim, tibbiyot va turizm klasterlari bo‘ladi.
Umuman aytganda, Yangi Toshkent “aqlli” va “bog‘ shahar” bo‘lishi nazarda tutilmoqda. <...> 420 gektar maydonda markaziy bog‘, mavzelar orasida sun’iy kanal va ko‘llar, Chirchiq va Qorasuv darolari bo‘yida sayilgohlar tashkil qilinib, odamlarning dam olishi uchun so‘lim sharoitlar yaratiladi.
Yangi Toshkent loyihasi Singapur, Angliya, Xitoy, Germaniya, Turkiya, Niderlandiya, Janubiy Koreya, BAA kabi davlatlarning 20 ta ilg‘or kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilmoqda.
"O‘ttiz ikki yillik mustaqil tariximizda birinchi marta bunday shahar qurayapmiz, bunga dunyodagi ilg‘or kompaniyalarni jalb qilayapmiz. Lekin bizdagi sohalar, standartlar shunga mosmi", - deya savol qo‘ydi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, prezident yangi shahar loyihasi zamonaviy loyihalar bilan hamohang bo‘lishi, loyihani shoshmasdan amalga oshirish zarurligi v u kelajak loyihalar uchun "maktab" bo‘lishi kerakligini alohida ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Yangi Toshkent loyihasi bo‘yicha prezident qarori 2023-yil 20-iyulda qabul qilingan edi. Unga muvofiq, Yangi Toshkentni barpo etish ishlarini muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi hamda direksiya tashkil etildi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida bu loyihaga mas’ul o‘rinbosar lavozimi joriy qilindi.