Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Shoygu Ukraina QK qancha askar va texnika yo‘qotganini aytdi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishUkrainaning yakson qilingan harbiy texnikasi
Ukrainaning yakson qilingan harbiy texnikasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2023
Obuna bo‘lish
Shoygu: Ukraina qurolli kuchlari hujum boshlanganidan beri 66 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Qarshi hujum boshlanganidan beri Ukraina armiyasi 66 mingdan ortiq odam va 7 600 ta qurolni yo‘qotdi. Bunday raqamlarni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu qurolli kuchlar rahbariyati bilan yig‘ilishda ma’lum qildi. RIA Novosti

"Kiyev rejimi katta yo‘qotishlarga qaramay, uchinchi oydirki qarshi hujumni amalga oshirishga harakat qilmoqda. Ukraina Qurolli kuchlari hech bir yo‘nalishda o‘z maqsadlariga erisha olmadi", — dedi Mudofaa vazirligi rahbari.

Uning ta’kidlashicha, eng keskin vaziyat Zaporojye yo‘nalishida yuzaga kelgan, u yerda dushman strategik zaxiradagi brigadalarni jangga tashladi.
Rossiyaning 810-brigada va 177-dengiz polki, 56-desant hujum va 71-motorli miltiq polklari, shuningdek, 76-havo desant-hujum diviziyasi bo‘linmalarining harakatlari tufayli Ukraina bo‘linmalariga katta zarar yetkazildi.

"Kupansk va Kremensk yo‘nalishlarida qat’iy harakat qilib, qo‘shinlarimiz Novoselovskoe aholi punktini ozod qildi, front chizig‘i bo‘ylab o‘z pozitsiyalarini sezilarli darajada yaxshiladi", — dedi Shoygu.

Shuningdek, u 1, 12 va 26-tank polklari askarlarining jasoratini alohida qayd etdi.
Rossiya armiyasi Ukrainaning harbiy infratuzilmasini yo‘q qilishda davom etmoqda. Avgust oyida Ukraina Qurolli kuchlarining 34 ta qo‘mondonlik punkti hujumga uchradi.
Bundan tashqari, so‘nggi bir oy ichida 159 ta HIMARS raketasi, mingdan ortiq dron va 13 ta qanotli raketa urib tushirildi.
Ukrainaning Janubiy Donesk, Artyomovsk va Zaporojye yo‘nalishlaridagi qarshi hujumi 4-iyun kuni boshlangandi. Kiyev NATO tomonidan tayyorlangan va G‘arb texnikasi bilan qurollangan brigadalarni jangga tashladi. Vladimir Putin Ukraina qurolli kuchlarining operatsiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ta’kidlagandi.
Yangiliklar lentasi
0