Sherali Jo‘rayev — biografiya

© Sputnik / Amir IsayevSherali Jo‘rayev
Sherali Jo‘rayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning tarjimai holi.
Sherali Jo‘rayev 1947-yil 12-aprelda Andijon viloyatining Asaka shahrida tug‘ilgan. 1971-yilda Toshkent teatr va rassomchilik san’ati instituti (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti)ni tamomlagan.
© Social media oage of shohjahon__officialFarrux Zokirov i Sherali Jo‘rayev
Farrux Zakirov i Sherali Djurayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2023
Farrux Zokirov i Sherali Jo‘rayev
Mehnat faoliyati
1972 yilda “Shodlik” ashula va raqs ansambli xonandasi;
1979-1986 yillarda Andijon viloyati filarmoniyasi xonandasi;
1986-1996 yillarda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi;
1996-2017 yillarda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi;
2017-2023 yillarda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi.
So‘nggi yillarda “Vatandoshlar” jamoat fondining Vasiylik kengashi raisi vazifasida samarali mehnat qilib, xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashda xizmat qildi.
© Social media page of JM CompanyJo‘rabek Murodov i Sherali Jo‘rayev
Djurabek Murodov i Sherali Djurayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2023
Jo‘rabek Murodov i Sherali Jo‘rayev
Sherali Jo‘rayev “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist”, “O‘zbekiston xalq artisti” faxriy unvonlari, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti, “Fidokorona xizmatlari uchun” va “El-yurt hurmati” ordenlari, shuningdek, “Tojikiston xalq artisti” faxriy unvoni bilan mukofotlangan.
Jo‘rayev besh farzandning otasi: ikki o‘g‘il va uch qiz. O‘g‘illari Shohjaxon va Zoirshoh Jo‘rayevlar ham xonanda.
Jo‘rayevning “O‘zbegim”, “Parijon”, “Gulandon”, “Gulbadan”, “Birinchi muhabbatim”, “Do‘st bo‘lsang yonimda tur”, “Keldi bahor”, “Odam”, “Ey dil” kabi qo‘shiqlari muxlislar qalbidan chuqur joy egallagan.
Yangiliklar lentasi
0