https://oz.sputniknews.uz/20230905/saylov-otkazish-ukrainani-beqarorlashtirishi-mumkin-38609876.html
Saylovlar Ukrainani beqarorlashtirishi mumkin — SNBO
Saylovlar Ukrainani beqarorlashtirishi mumkin — SNBO
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina rahbariyati bugungi vaziyatda saylovlar o‘tkazishga qarshi. Ular mamlakatda Rossiyaga xayrixoh bo‘lgan kuchlar faollashishi mumkinligidan xavotirda.
2023-09-05T23:31+0500
2023-09-05T23:31+0500
2023-09-06T11:48+0500
ukraina
saylovlar
vladimir zelenskiy
aqsh
dunyoda
dunyo yangiliklari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/84/80/848005_0:204:2869:1818_1920x0_80_0_0_644fe5f5d0fcd88d00dd40001caebbcb.jpg
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Bugungi vaziyatda Ukrainada parlament va prezident saylovlari o‘tkazish mamlakatda ichki beqarorlik keltirib chiqarishi mumkin, deb hisoblaydi mamlakat Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi (SNBO) kotibi Aleksey Danilov. RIA Novosti xabariga asosan. Bundan oldin AQSh amaldorlari Kiyevga mamlakat parlament va prezident saylovlarini o‘z vaqtida o‘tkazish talabini qo‘ygan edi. Danilovning fikriga ko‘ra, Ukrainada bugungi vaziyatda saylovlar o‘tkazish mamlakatdagi siyosiy kuchlarning, ayniqsa Rossiyaga xayrixoh bo‘lgan kuchlarning faollashuviga olib kelishi mumkin. Ukrainada parlament saylovlari 2023-yilning oktabr oyida, prezidentlik saylovlari esa 2024-yilning bahorida bo‘lib o‘tishi kerak. Lekin Ukraina Konstitutsiyasiga ko‘ra, harbiy holat vaqtida saylovlarni kechiktirish mumkin. Biroq Kiyevning g‘arbiy hamkorlari saylovlarni belgilangan muddatda o‘tkazishni talab qilmoqda. Xususan, AQShning nufuzli respublikachi senatori Lindsi Grem o‘tgan hafta Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashib, janglar davom etayotganiga qaramay, Ukrainada prezidentlik saylovlari o‘z vaqtida o‘tkazilishi kerakligini aytdi.Zelenskiy saylovlar jangovar harakatlar tugagandan keyin bo‘lib o‘tishi mumkinligini bir necha bor ta’kidlagan edi. Ammo Gremning bayonotidan so‘ng Ukraina prezidentining ritorikasi biroz o‘zgardi. U agar G‘arb bunga mablag‘ ajratsa, u saylov o‘tkazilishi mumkinligini aytdi. Zelenskiy oldingi intervyulardan birida 2024-yilgi saylovlarda o‘z nomzodini ikkinchi muddatga qo‘yishini ham istisno etmagan edi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/84/80/848005_334:0:2869:1901_1920x0_80_0_0_1a99be3703b7db5651d787bbe81ed26c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina rahbariyati saylovlar rossiya muxolifat
ukraina rahbariyati saylovlar rossiya muxolifat
Saylovlar Ukrainani beqarorlashtirishi mumkin — SNBO
23:31 05.09.2023 (yangilandi: 11:48 06.09.2023) Ukraina rahbariyati bugungi vaziyatda saylovlar o‘tkazishga qarshi. Ular mamlakatda Rossiyaga xayrixoh bo‘lgan kuchlar faollashishi mumkinligidan xavotirda.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Bugungi vaziyatda Ukrainada parlament va prezident saylovlari o‘tkazish mamlakatda ichki beqarorlik keltirib chiqarishi mumkin, deb hisoblaydi mamlakat Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi (SNBO) kotibi Aleksey Danilov. RIA Novosti xabariga asosan.
“Yodda tutingki, bugungi vaziyatda saylovlar o‘tkazish bu — ichki beqarorlik masalasidir”, — deb Danilovning so‘zlarini keltiradi Ukraina OAVlari.
Bundan oldin AQSh amaldorlari Kiyevga mamlakat parlament va prezident saylovlarini o‘z vaqtida o‘tkazish talabini qo‘ygan edi.
Danilovning fikriga ko‘ra, Ukrainada bugungi vaziyatda saylovlar o‘tkazish mamlakatdagi siyosiy kuchlarning, ayniqsa Rossiyaga xayrixoh bo‘lgan kuchlarning faollashuviga olib kelishi mumkin.
Ukrainada parlament saylovlari 2023-yilning oktabr oyida, prezidentlik saylovlari esa 2024-yilning bahorida bo‘lib o‘tishi kerak. Lekin Ukraina Konstitutsiyasiga ko‘ra, harbiy holat vaqtida saylovlarni kechiktirish mumkin.
Biroq Kiyevning g‘arbiy hamkorlari saylovlarni belgilangan muddatda o‘tkazishni talab qilmoqda. Xususan, AQShning nufuzli respublikachi senatori Lindsi Grem o‘tgan hafta Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashib, janglar davom etayotganiga qaramay, Ukrainada prezidentlik saylovlari o‘z vaqtida o‘tkazilishi kerakligini aytdi.
Zelenskiy saylovlar jangovar harakatlar tugagandan keyin bo‘lib o‘tishi mumkinligini bir necha bor ta’kidlagan edi. Ammo Gremning bayonotidan so‘ng Ukraina prezidentining ritorikasi biroz o‘zgardi. U agar G‘arb bunga mablag‘ ajratsa, u saylov o‘tkazilishi mumkinligini aytdi.
Zelenskiy oldingi intervyulardan birida 2024-yilgi saylovlarda o‘z nomzodini ikkinchi muddatga qo‘yishini ham istisno etmagan edi.