Samarqandda Osiyo talabalar forumi o‘z ishini boshladi
14:36 05.09.2023 (yangilandi: 14:39 05.09.2023)
© Samarkandskiy gosudarstvenniy universitetSamarqandda “O‘zbekiston – Osiyo 2023” VI Osiyo talabalar forumi bo‘lib o‘tmoqda

Forum ishtirokchilari “Chegarasiz ta’lim”, “Yoshlar fani”, “Tarixiy-madaniy meros”, “Talabalar uchun OAV va media” kabi yo‘nalishlarda o‘z loyihalari ustida ishlamoqda.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Samarqandda 7 davlatdan kelgan talaba va yosh o‘qituvchilar ishtirokida “O‘zbekiston – Osiyo 2023” VI Osiyo talabalar forumi boshlandi. Bu haqda Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmuradov ma’lum qildi.
© Samarkandskiy gosudarstvenniy universitetSamarqandda “O‘zbekiston – Osiyo 2023” VI Osiyo talabalar forumi bo‘lib o‘tmoqda

Samarqandda “O‘zbekiston – Osiyo 2023” VI Osiyo talabalar forumi bo‘lib o‘tmoqda
Forumning maqsadi Rossiya va Osiyo transchegaraviy makonida yoshlar aloqalarini rivojlantirishga ko‘maklashish, shuningdek, Osiyo mamlakatlari yoshlarini xalqaro madaniy-gumanitar, ta’lim, sport va ma’rifiy loyihalarga jalb etish, xalqaro yoshlar tadbirlarini o‘tkazishdan iborat.
© Samarkandskiy gosudarstvenniy universitetSamarqandda “O‘zbekiston – Osiyo 2023” VI Osiyo talabalar forumi bo‘lib o‘tmoqda

Samarqandda “O‘zbekiston – Osiyo 2023” VI Osiyo talabalar forumi bo‘lib o‘tmoqda
“Osiyo talabalar forumi tarixi 2011-yilda universitetimizda bo‘lib o‘tgan Butunrossiya talabalar forumi vaqtida paydo bo‘lgan”, - deydi Osiyo universitetlari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti, Oltoy davlat universiteti prezidenti Sergey Zemlyakov.
© Samarkandskiy gosudarstvenniy universitetSamarqandda “O‘zbekiston – Osiyo 2023” VI Osiyo talabalar forumi bo‘lib o‘tmoqda

Samarqandda “O‘zbekiston – Osiyo 2023” VI Osiyo talabalar forumi bo‘lib o‘tmoqda
O‘tgan yillar davomida Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikistonda tashkil etilgan Osiyo talabalar forumlarida Osiyoning 50 ta yetakchi universitetidan mingdan ortiq talaba ishtirok etdi.
© Samarkandskiy gosudarstvenniy universitetSamarqandda “O‘zbekiston – Osiyo 2023” VI Osiyo talabalar forumi bo‘lib o‘tmoqda

Samarqandda “O‘zbekiston – Osiyo 2023” VI Osiyo talabalar forumi bo‘lib o‘tmoqda
Forum ishtirokchilari “Chegarasiz ta’lim”, “Yoshlar fani”, “Tarixiy-madaniy meros”, “Talabalarning o‘zini o‘zi boshqarishi va ijtimoiy loyihalash”, “Talabalar uchun OAV va media” kabi yo‘nalishlarda o‘z loyihalari ustida ishlamoqda.
Bundan tashqari, sohaning yetakchi mutaxassislari talabalar uchun ma’ruzalar o‘qiydi.
Forum o‘z ishini 8-sentabrga qadar davom ettiradi.