https://oz.sputniknews.uz/20230905/qoshxotinlik-targib-javobgarlik-38582445.html
Qo‘shxotinlikni targ‘ib qilganlik uchun javobgarlik joriy etiladi
Qo‘shxotinlikni targ‘ib qilganlik uchun javobgarlik joriy etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Qonun loyihasi bilan ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilganlik, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. Ta’kidlanishicha, so‘nggi paytlarda reklama, ko‘ngilochar va tahliliy materiallar orqali ko‘pxotinlik va uning "afzalliklari"ni targ‘ib qilish avj olmoqda. Buning oqibatida qonuniy nikohsiz tug‘ilgan bolalar soni ham oshgan.
2023-09-05T13:40+0500
2023-09-05T13:40+0500
2023-09-05T16:49+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qo‘shxotinlik
oliy majlis qonunchilik palatasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/1d/35474701_0:120:3071:1848_1920x0_80_0_0_42598cc69b842b3ff01c90ae56ef0a4f.jpg
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. O‘zbekistonda qo‘shxotinlikni targ‘ib qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilishi mumkin. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tegishli qonun loyihasini ko‘rib chiqib, qabul qilishdi.Loyiha bilan ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilganlik, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.Ta’kidlanishicha, so‘nggi paytlarda reklama, ko‘ngilochar va tahliliy materiallar orqali ko‘pxotinlik va uning "afzalliklari"ni targ‘ib qilish avj olmoqda. Buning oqibatida qonuniy nikohsiz tug‘ilgan bolalar soni ham oshgan.Xususan, 2022-yilda respublika bo‘yicha 18 955 ta holatda tug‘ilgan chaqaloqlar yolg‘iz ona arizasi asosida qayd etilgan. 2021-yilda ushbu ko‘rsatkich 19 037 tani, 2020-yilda 16 564 tani tashkil qilgan.Oliy sud ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2018−2022 yillarda ko‘pxotinlik uchun 34 nafar erkak sudlangan.O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 126-moddasiga binoan ko‘p xotinli bo‘lish, ya’ni umumiy ro‘zg‘or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashash bazaviy hisoblash miqdori (hozirda 330 ming so‘m)ning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1-yildan 3-yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/1d/35474701_119:97:2638:1986_1920x0_80_0_0_a7b72f7b4f62c1b78b982424531db088.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qo‘shxotinlik targ‘ib qilganlik ma’muriy javobgarlik qonun
qo‘shxotinlik targ‘ib qilganlik ma’muriy javobgarlik qonun
Qo‘shxotinlikni targ‘ib qilganlik uchun javobgarlik joriy etiladi
13:40 05.09.2023 (yangilandi: 16:49 05.09.2023) Ta’kidlanishicha, so‘nggi paytlarda reklama, ko‘ngilochar va tahliliy materiallar orqali ko‘pxotinlik va uning "afzalliklari"ni targ‘ib qilish avj olmoqda.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. O‘zbekistonda qo‘shxotinlikni targ‘ib qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilishi mumkin. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tegishli qonun loyihasini ko‘rib chiqib,
qabul qilishdi. Loyiha bilan ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilganlik, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi paytlarda reklama, ko‘ngilochar va tahliliy materiallar orqali ko‘pxotinlik va uning "afzalliklari"ni targ‘ib qilish avj olmoqda. Buning oqibatida qonuniy nikohsiz tug‘ilgan bolalar soni ham oshgan.
Xususan, 2022-yilda respublika bo‘yicha 18 955 ta holatda tug‘ilgan chaqaloqlar yolg‘iz ona arizasi asosida qayd etilgan. 2021-yilda ushbu ko‘rsatkich 19 037 tani, 2020-yilda 16 564 tani
tashkil qilgan.Oliy sud
ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2018−2022 yillarda ko‘pxotinlik uchun 34 nafar erkak sudlangan.
O‘zbekiston Jinoyat kodeksining
126-moddasiga binoan ko‘p xotinli bo‘lish, ya’ni umumiy ro‘zg‘or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashash bazaviy hisoblash miqdori (hozirda 330 ming so‘m)ning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1-yildan 3-yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.