https://oz.sputniknews.uz/20230905/ozbekiston-va-malayziya-vakillari-transport-sohasidagi-hamkorlikni-muhokama-qildi-38586567.html
O‘zbekiston va Malayziya vakillari transport sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston va Malayziya vakillari transport sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Muloqot davomida tomonlar O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida transport sohasida o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
2023-09-05T14:22+0500
2023-09-05T14:22+0500
2023-09-05T14:22+0500
jamiyat
o‘zbekiston
malayziya
transport
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/05/38586723_0:0:537:303_1920x0_80_0_0_44f4cbd34b81101288053faf338d5145.jpg
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Malayziya transport vaziri Lok Syu Fuk bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.Malayziya transport vaziri O‘zbekiston hukumati tomonidan transport sohasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarni, ushbu yo‘nalishdagi yirik loyihalar, xususan "O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston" avtomobil yo‘nalishi va ushbu ikki davlat orqali Hind okeani portlariga chiqish uchun xalqaro transport koridorini shakllantirish bo‘yicha vazifalarni yuqori baholadi.Xususan, xorij tomoni Malayziyaning "Batik Air" aviakompaniyasi tomonidan joriy yilning noyabridan Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishida haftasiga uch marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan aviaqatnovlarni olqishladi.Uchrashuv yakunida "Batik Air" va "Uzbekistan Airports" AJ o‘rtasidagi muzokaralarni jadallashtirish hamda joriy yilning noyabr oyidan boshlab mazkur Malayziya aviakompaniyasining O‘zbekiston yo‘nalishidagi aviaqatnovlarini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston Transport vazirligi mutaxassislarining Malayziyaning ilg‘or tajribasini o‘rganish bo‘yicha Kuala-Lumpurga ishchi safarini ishlab chiqish to‘g‘risida kelishib olindi.
o‘zbekiston
malayziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/05/38586723_0:0:537:403_1920x0_80_0_0_eb300618d7bc7f0f78387f2d3c61939c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston malayziya transport
o‘zbekiston malayziya transport
O‘zbekiston va Malayziya vakillari transport sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi
Muloqot davomida tomonlar O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida transport sohasida o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Malayziya transport vaziri Lok Syu Fuk bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Dunyo” AA
xabar berdi. Malayziya transport vaziri O‘zbekiston hukumati tomonidan transport sohasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarni, ushbu yo‘nalishdagi yirik loyihalar, xususan "O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston" avtomobil yo‘nalishi va ushbu ikki davlat orqali Hind okeani portlariga chiqish uchun xalqaro transport koridorini shakllantirish bo‘yicha vazifalarni yuqori baholadi.
Muloqot davomida tomonlar O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida transport sohasida o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Jumladan, aviaqatnovlar va temir yo‘l yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Xususan, xorij tomoni Malayziyaning "Batik Air" aviakompaniyasi tomonidan joriy yilning noyabridan Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishida haftasiga uch marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan aviaqatnovlarni olqishladi.
Uchrashuv yakunida "Batik Air" va "Uzbekistan Airports" AJ o‘rtasidagi muzokaralarni jadallashtirish hamda joriy yilning noyabr oyidan boshlab mazkur Malayziya aviakompaniyasining O‘zbekiston yo‘nalishidagi aviaqatnovlarini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston Transport vazirligi mutaxassislarining Malayziyaning ilg‘or tajribasini o‘rganish bo‘yicha Kuala-Lumpurga ishchi safarini ishlab chiqish to‘g‘risida kelishib olindi.