Naqd valyutani bojxonadan deklaratsiyasiz olib o‘tish miqdori oshirilmoqda

© Sputnik/Abdubakir YunusovSo‘m va dollar
So‘m va dollar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2023
Obuna bo‘lish
Jismoniy shaxslarning naqd valyutani bojxonadan deklaratsiyasiz olib o‘tish miqdori 100 million so‘mgacha oshirildi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 4-sentabrdagi qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qarorga ko‘ra jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 100 million so‘m ekvivalentidan ortiq miqdordagi O‘zbekiston naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo‘li bilan bojxona nazoratidan o‘tkaziladi. Ilgari 70 million so‘m edi.
Jismoniy shaxslar deklaratsiya to‘ldirish talab etiladigan belgilangan ekvivalentdan ortiq miqdordagi naqd valyuta mablag‘larini bojxona nazorati shakllari qo‘llanilmasdan oldin deklaratsiyalamagan holda bojxona organlari xodimlariga maslahat olish maqsadida taqdim etganda, bojxona organlari xodimlari jismoniy shaxslarga deklaratsiya to‘ldirish qoidalari bilan bog‘liq umumiy tushuntirishlar beradi. Ilgari bu qoida mavjud emas edi.
Bu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Yangiliklar lentasi
0