Neft narxi $90 dan oshsa ham, Rossiya ixtiyoriy cheklovni saqlab qoldi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishRabota neftanix stankov - kachalok
Rabota neftanix stankov - kachalok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2023
Obuna bo‘lish
London birjasida neft narxi 90 dollardan oshishi fonida Rossiya kunlik neft qazib olish hajmini 300 ming barrelga qisqartirishni davom ettiradi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Rossiya ixtiyoriy neft eksportini qisqartirishni 2023-yil oxirigacha davom ettiradi, dedi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak. RIA Novosti xabariga asosan.
Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, bu OPEK+ davlatlari o‘zaro kelishuvi asosida bozorda muvozanatni saqlashga qaratilgan.
“Rossiya jahon bozorlariga neft yetkazib berishni ixtiyoriy ravishda kuniga 300 ming barrelga qisqartirishni 2023-yil dekabri oxirigacha uzaytiradi. Neft eksportini qo‘shimcha ixtiyoriy ravishda qisqartirish OPEK+ mamlakatlari tomonidan neft bozorlarida barqarorlik va muvozanatni saqlash maqsadida ko‘rilayotgan ehtiyot choralarini kuchaytirishga qaratilgan”, — dedi Novak.
Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, bundan buyon neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha ixtiyoriy qaror har oyda qayta ko‘rib chiqiladi va jahon bozoridagi vaziyatdan kelib chiqqan holda tegishli qaror qabul qilinadi.

Neft narxi oshdi

Rossiyaning ushbu xabari jahon bozorida neft narxi oshi fonida e’lon qilindi. Londonning ICE birjasida Brent navli neftning noyabr oyi uchun fuchers shartnomasi narxi 90 dollardan oshdi.

"Moskva vaqti bilan soat 16:06dagi birja ma’lumotlariga ko‘ra, Brent narxi 1,3 foizga ko‘tarilib bir barrel uchun 90,16 dollarni tashkil qildi. Moskva vaqti bilan 16:09 ga kelib Brent 96,1 dollardan (+1,24%) savdoni boshladi", - deyiladi axborotnomada.

Shu bilan birga, BTI markali neftning oktabr oyi uchun fucherslari 1,32 foizga oshib, barreliga 87,06 dollarni tashkil qildi.
Bunday yuqori narx 2022-yil 18-noyabrdan beri birinchi marta qayd etildi.
Yangiliklar lentasi
0