Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 5-sentabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishPodgotovka shturmovix grupp VDV na poligone v yujnom sektore SVO
Podgotovka shturmovix grupp VDV na poligone v yujnom sektore SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyani muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. Kun davomida dushmanning qurbon bo‘lgan va yaralangan askarlari soni 700dan oshdi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi kun davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi 5-sentabr hisoboti:

Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi DXRning Klesheyevka va Veseloe aholi punktlari hududlarida UQKning to‘rtta hujumini qaytardi. Kun davomida dushman yo‘qotishlari 225 nafar harbiy xizmatchi, ikkita zirhli mashina, to‘qqizta mashina, AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi va "Grad" reaktiv tizimi jangovar mashinasini tashkil qildi.
DXRning Pervomayskoe aholi punkti hududida uchuvchisiz apparatlarini boshqarish punkti yo‘q qilindi.
Zaporojye yo‘nalishida Rossiya kuchlari guruhi Rabotino qishlog‘i hududidagi UQKning 47-mexanizatsiyalashgan brigadasining ikkita hujumini qaytardi. Dushman yo‘qotishlari 170 ga yaqin harbiy xizmatchilar, ikkita tank, uchta zirhli jangovar mashina, to‘rtta avtomobil, uchta AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi va M119 gaubitsasi, shuningdek, Germaniyada ishlab chiqarilgan "Panzerhaubitze-2000" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, Britaniyada ishlab chiqarilgan FH-70 to‘pi va ikkita D-20 va D-30 gaubitsalari yo‘q qilindi.
Orexov shahri yaqinida UQKning 46-aeromobil brigadasining o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi DXRning Torskoe va LXRning Chervonaya Dibrova aholi punktlari hududlarida UQKning 63 va 67-mexanizatsiyalashgan brigadalarining uchta hujumni qaytardi.
Dushman yo‘qotishlari 70 dan ortiq harbiy xizmatchilar, uchta zirhli jangovar texnika, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va D-20 gaubitsasini tashkil etdi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Sinkovka, Peschanoe, Berestovoe va Stelmaxovka aholi punktlari hududlarida UQKning ishchi kuchi va texnikasiga zarba berdi. Kun davomida 50ka yaqin ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita mashina va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" kuchlar guruhi DXRning Ugledar va Makarovka aholi punktlari hududlarida UQK ishchi kuchi va texnikasiga kompleks zarba berdi. Urojaynoe posolkasi hududida qo‘poruvchilik-razvedka guruhi harakatlari to‘xtatildi. Dushman yo‘qotishlari 175 nafar harbiy xizmatchi, to‘rtta mashina va ikkita D-20 va D-30 gaubitsalarini tashkil qildi.
Xerson yo‘nalishida kun davomida 40 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita diversion-razvedka guruhi, ikkita avtomashina va ikkita D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi raketa kuchlari va artilleriyasi UQKning 132 ta tumanda joylashgan ishchi kuchi va harbiy texnikasiga zarba berdi.
Ugledar shahri yaqinidagi UQKning 72-mexanizatsiyalashgan brigadasi va Razdolivka qishlog‘i yaqinidagi UQKning 8-tog‘-hujum brigadasi qo‘mondonlik punktlariga zarba berildi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida 21 ta AQShda ishlab chiqilgan HIMARS reaktiv tizimi va "Uragan" tizimi raketalarini tutib oldi.
Bundan tashqari, LXRning Topolevka, Zaliman, Krasnorechenskoe, DXRning Berestovoe, Petrovskoe, Semigore, Veselee, Zaporojye viloyatining Xarkovo, Romanovskoe, Mirnoe, Ocheretovatoe, Xerson viloyatining Golaya Pristan va Novaya Mayachka aholi puntklari hududlarida Ukrainaning 33 ta uchuvchisiz apparatlarini yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukraina jami 467 ta samolyot, 248 ta vertolot, 6409 ta uchuvchisiz uchish apparati, 435 ta zenit-raketa majmuasi, 11653 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1148 ta reaktiv tizimlar jangovar texnikasi, 6230 ta artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 12 715 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0