Jamoat joylarida yuzini to‘sgan holda bo‘lganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi mumkin

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishDevushki v traditsionnoy odejde. Illyustrativnoe foto
Devushki v traditsionnoy odejde. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2023
Obuna bo‘lish
Qonunchilikda ruxsat etilgan boshqa holatlarda yuzini to‘sgan holda bo‘lish holati belgilanmoqda.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. O‘zbekiston joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sgan holda bo‘lganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilishi mumkin. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tegishli qonun loyihasini ko‘rib chiqib, qabul qilishdi.

“Jamoat tartibini saqlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, xususan “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasida joriy etilgan axborot dasturlarining samaradorligini yanada oshirish maqsadida jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sgan holda bo‘lganlik uchun ma’muriy javobgarlik chorasi kiritilmoqda”, - deyilgan quyi palata xabarida.

Bunda javobgarlikni istisno qiluvchi holat sifatida tibbiy ko‘rsatma asosida yoki mehnat va xizmat faoliyati bilan bog‘liq holatlarda yoxud yo‘l-transport harakatida xavfsizlikni ta’minlash uchun kiyiladigan maxsus bosh-kiyimda yoki sport va madaniy tadbirlar paytida ularning ishtirokchilari tomonidan, shuningdek, qonunchilikda ruxsat etilgan boshqa holatlarda yuzini to‘sgan holda bo‘lish holati belgilanmoqda.
Ta’kidlanishicha, bu jamoat tartibini saqlash bo‘yicha ko‘rilayotgan sa’y-harakatlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Yangiliklar lentasi
0