https://oz.sputniknews.uz/20230905/endi-davlatga-tegishli-suv-havzalari-tadbirkorlarga-ijaraga-beriladi-38577368.html
Endi davlatga tegishli suv havzalari tadbirkorlarga ijaraga beriladi
Endi davlatga tegishli suv havzalari tadbirkorlarga ijaraga beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Hukumat qarori bilan Davlatga tegishli suv havzalarini tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
2023-09-05T12:16+0500
2023-09-05T12:16+0500
2023-09-05T12:26+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qaror
tadbirkor
auksion
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/04/36546770_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_097075b2848d604a7022068353e76a10.jpg
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Endi davlatga tegishli suv havzalari tadbirkorlarga “E-auksion” orqali ijaraga beriladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.Hukumat qarori bilan Davlatga tegishli suv havzalarini tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.Nizomga ko‘ra, 2023-yil 1-oktabrdan davlatga tegishli suv havzalari foydalanish sharti bilan quyidagi faoliyat turlarini tashkil etish uchun elektron savdo platformasida onlayn-auksion orqali ijaraga beriladi:Bunda tabiiy va sun’iy suv havzalari hamda daryo atrofidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga yengil konstruksiyali qurilmalarni o‘rnatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.Mazkur nizom quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:Suv havzasi (yer uchastkasi) kamida 10-yil muddatga, qo‘shimcha yana 10-yil muddatga uzaytirish huquqi bilan ochiq elektron onlayn-auksion savdosi orqali shartnoma asosida ijaraga beriladi.Suv havzasini ijaraga berish yuzasidan tadbirkorlar tomonidan ijaraga beruvchiga tegishli takliflar berish yo‘li bilan tashabbus ko‘rsatilishi mumkin.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/04/36546770_512:512:2560:2048_1920x0_80_0_0_da8e182d80b25f313fddf11fca87f1dc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
davlatga tegishli suv havzalari tadbirkorlar ijara
davlatga tegishli suv havzalari tadbirkorlar ijara
Endi davlatga tegishli suv havzalari tadbirkorlarga ijaraga beriladi
12:16 05.09.2023 (yangilandi: 12:26 05.09.2023) Hukumat qarori bilan Davlatga tegishli suv havzalarini tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Endi davlatga tegishli suv havzalari tadbirkorlarga “E-auksion” orqali ijaraga beriladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali
xabar berdi. Hukumat qarori bilan Davlatga tegishli suv havzalarini tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, 2023-yil 1-oktabrdan davlatga tegishli suv havzalari foydalanish sharti bilan quyidagi faoliyat turlarini tashkil etish uchun elektron savdo platformasida onlayn-auksion orqali ijaraga beriladi:
davlatga tegishli tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) – baliqni sanoat usulida yetishtirish va ovlash uchun;
tabiiy va sun’iy suv havzalari hamda daryo atrofidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari – suv bo‘yida plyaj zonalarini tashkil etish, sport-ishqibozlik turidagi baliq ovlash, baliq ovi, qayiqda suzish va suv sayohati bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, baliq mahsulotlari, shu jumladan, baliq taomlari savdosi, umumiy ovqatlanish va boshqa turizm xizmatlarini tashkil etish hamda ushbu maqsadlarda yengil konstruksiyali qurilmalarni joylashtirish uchun.
Bunda tabiiy va sun’iy suv havzalari hamda daryo atrofidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga yengil konstruksiyali qurilmalarni o‘rnatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Mazkur nizom quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
ijara shartnomalarining amal qilish muddati tugamagan tabiiy va sun’iy suv havzalariga;
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga;
Prezident yoki Hukumat qarorlari asosida ijaraga berish belgilangan boshqa davlat mulklariga.
Suv havzasi (yer uchastkasi) kamida 10-yil muddatga, qo‘shimcha yana 10-yil muddatga uzaytirish huquqi bilan ochiq elektron onlayn-auksion savdosi orqali shartnoma asosida ijaraga beriladi.
Suv havzasini ijaraga berish yuzasidan tadbirkorlar tomonidan ijaraga beruvchiga tegishli takliflar berish yo‘li bilan tashabbus ko‘rsatilishi mumkin.