Buni hamma ko‘rib turibdi: Ukrainada mag‘lub bo‘lgan ikki tomon nomi aytildi

© Sputnik / Aleksey VitviskiyUkraina va YeI bayroqlari
Ukraina va YeI bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2023
Obuna bo‘lish
dikGAZETE: Kiyev va Yevropa Ittifoqi Ukraina mojarosida geosiyosiy mag‘lubiyatga uchradi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Ukraina mojarosida yutqazgan tomonlar Kiyev va Yevropa Ittifoqi bo‘ldi. Bu haqda Turkiyaning dikGAZETE gazetasi sharhlovchisi Unver Sel yozdi. RIA Novosti

"Turkiya geosiyosiy nuqtayi nazardan Ukrainada ikkita katta yutqazuvchi tomonlarni biladi: birinchisi — Kiyevning o‘zi, ikkinchisi esa — Yevropa, demak, Germaniya. <...> Turkiya ham butun dunyo kabi buni ko‘rapti", - deb yozgan u.

Uning ta’kidlashicha, anglo-sakson dunyo o‘zining "asosiy maqsadini" amalga oshirdi — Yevropa sanoatining Rossiya xom ashyosi bilan integratsiyalashuviga yo‘l qo‘ymadi. Shuning uchun ham Yevropa mamlakatlari, xususan, Germaniya retsessiya (ishlab chiqarishning pasayishi) va sanoat tanazzuli davriga kirdi, deb xulosa qildi muallif.
Yangiliklar lentasi
0