Ukraina yangi mudofaa vaziri frontdagi vaziyatni o‘zgartira olmaydi — ekspert
14:54 04.09.2023 (yangilandi: 15:39 04.09.2023)
© AP Photo / Sergei KholodilinRustem Umerov — Ukraina mudofaa vaziri
© AP Photo / Sergei Kholodilin
Obuna bo‘lish
Ukraina yangi mudofaa vaziri frontdagi vaziyatni jiddiy o‘zgartirmaydi, uning vazifasi frontni ta’minlashdir, deb hisoblaydi ekspert.
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Rustem Umerovning Ukraina yangi mudofaa vaziri lavozimiga kelishi frontda jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmaydi, ammo hozircha Kiyev va Vashington uning nomzodidan mamnun, dedi RIA Novostiga Andrey Suzdalsev, Rossiya Oliy iqtisodiyot maktabi (VShE) Jahon iqtisodiyoti va siyosati fakulteti dotsenti.
Dushanba kuni ertalab Aleksey Reznikov Ukraina Oliy Radasiga mudofaa vaziri lavozimidan iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza topshirganini ma’lum qilgandi.
"Ukrainada qarshi hujum va "g‘alaba" uchun mas’ul bo‘lgan amaldorlarini bosqichma-bosqich almashtirish jarayoni boshlanmoqda. Zelenskiy ularni o‘rnini almashtirish va olib tashlashni boshlaydi, o‘zgarishlar ham bo‘ladi, ammo bu Ukrainaga bog‘liq emas. Bu Vashington noroziligi bo‘yicha amalga oshirilmoqda. Reznikov Ukraina va Amerika rahbariyatini g‘azablantirgani aniq: u doimo frontda bo‘layotgan voqealarni sharhlab turdi”, - deydi ekspert.
Ukraina ommaviy axborot vositalari Reznikovni bir necha bor Mudofaa vazirligini ta’minlovchi shartnomalarni tuzishda korrupsiyaga yo‘q qo‘yganlikda, narxlarni oshirib ko‘rsatishda ayblagan edi.
Ukraini sobiq mudofaa vaziri Aleksey Reznikov
© Sputnik / Alexandr Kryazhev
/ Shu bilan birga, Umerov Mudofaa vazirligida biror nima o‘zgartirishini kutishning hojati yo‘q, deydi Suzdalsev.
"Umerov kelishi bilan Ukraina armiyasida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishini kutishning hojati yo‘q. Buni faqat yangi texnika va o‘qitilgan askarlar amalga oshirishi mumkin. Umerov kamroq gapirish uchun keladi, u yaxshiroq boshqariladi, bu kelishilgan nomzod. Uning vazifasi frontni ta’minlashdir”, - deb qo‘shimcha qildi u.
Rustem Umerov - ukrainalik siyosatchi, tadbirkor va investor, asli qrim-tatar. Yoshligida u AQShda almashinuv dasturi bo‘yicha o‘qigan, ma’lumoti bo‘yicha moliyachi. 2019-yilda u Ukraina Oliy Radasi deputati etib saylangan. Ikki yil o‘tib, davlat qurilishi, mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va mamlakat taraqqiyotiga qo‘shgan katta shaxsiy hissasi uchun III darajali “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. 2022-yil sentabridan Ukraina Davlat mulki jamg‘armasi rahbari. Shu bilan birga, u Qrim-tatar xalqi majlisi (Rossiya Federatsiyasida ekstremistik deb tan olingan va taqiqlangan tashkilot) rahbarlaridan biri Mustafo Jemilevning maslahatchisi bo‘lib qolmoqda.
Aytish joizki, Umerovdan tayinlanishidan oldin ikki nomzod ushbu lavozimdan voz kechgan. "Ukraina pravda" nashri bir necha kun oldin Zelenskiy Reznikov o‘rniga nomzod qidirayotgani va bu lavozimga kamida ikkita nomzod - infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov va strategik sanoat vaziri Aleksandr Kamishin borligi haqida xabar bergan edi. Keyinroq Rada deputati Aleksey Goncharenko Ukraina Mudofaa vazirligi rahbari lavozimiga nomzodlar bu lavozimdan voz kechganini ma’lum qildi.