Sherali Jo‘rayev vafot etdi

© Ministerstvo kulturiSherali Jurayev
Sherali Jurayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2023
Obuna bo‘lish
Sherali Jo‘rayev uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 77 yoshida vafot etdi.
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Sherali Jo‘rayev uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 77 yoshida vafot etdi.
Jo‘rayev 1947-yilda Andijon viloyatining Asaka shahrida tug‘ilgan. 1971-yilda Toshkent teatr va rassomchilik institutining Aktorlik san’ati yo‘nalishini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1972-yilda “Shodlik” ashula va raqs ansamblida xonanda sifatida boshlagan. Shuningdek, 1979-1986 yillarda Andijon viloyati filarmoniyasi xonandasi, 1986-1996 yillarda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi, 1996-2017 yillarda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi, 2017-yilda shu kunga qadar “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi sifatida samarali ijod qilib kelayotgandi.
© Sputnik / Amir IsayevSherali Djurayev
Sherali Djurayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2023
Sherali Djurayev
Hofiz o‘z ijodiy faoliyati davomida yuzlab o‘lmas qo‘shiqlar yaratdi, Sherali Jo‘rayev ijod maktabiga asos soldi, yuzlab shogirdlar chiqardi.
© Social media oage of shohjahon__officialFarrux Zakirov i Sherali Djurayev
Farrux Zakirov i Sherali Djurayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2023
Farrux Zakirov i Sherali Djurayev
Hofizning mehnatlari munosib baholanib, 1981-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan, 1987-yilda “O‘zbekiston xalq artisti” faxriy unvoni bilan, 1991-yilda A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti bilan, 2018-yilda “Tojikiston xalq artisti” faxriy unvoni bilan, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni va 2022-yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi.
Yangiliklar lentasi
0