https://oz.sputniknews.uz/20230904/polshada-yangi-epidemiya-aqsh-bunda-rossiyani-ayblashi-mumkin-38558794.html
Polshada yangi epidemiya, AQSh bunda Rossiyani ayblashi mumkin — Onishenko
Polshada yangi epidemiya, AQSh bunda Rossiyani ayblashi mumkin — Onishenko
Sputnik O‘zbekiston
Polsha va Ukrainada noma’lum epidemiya, AQSh bunda Rossiyani ayblashga tayyorlanmoqda. Oqibatlar qanday bo‘ladi? 04.09.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-09-04T19:45+0500
2023-09-04T19:45+0500
2023-09-04T19:57+0500
rossiya
ukraina
polsha
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1014/91/10149158_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_4b4e2dbbcc22ae5e08ab7aeb4c0e5f42.jpg
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Polshada va Ukrainada "legionerlar kasalligi" epidemiyasi avj olishi mumkin. Bunga sabab Qo‘shma Shtatlar tomonidan qasddan ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanish bo‘lishi mumkin. AQShning maqsadi — ushbu kasallik paydo bo‘lishida Rossiyani ayblash, dedi Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, Rossiya ta’lim akademiyasi prezidenti o‘rinbosari Gennadiy Onishchenko RIA Novosti agentligiga.Xarkov viloyatida harbiylar orasida ham ushbu kasallik tarqaldi, lekin u yerda e’lon qilingan raqamlarga ishonish qiyin. Ushbu voqealarning xususiyati faqat bir narsadan darak beradi — bu odatiy epidemiya tarqalishiga o‘xshamaydi, bu — qasddan ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanishga o‘xshaydi. Onishenkoning aytishiga ko‘ra, o‘tgan hafta chop etilgan AQSh Mudofaa vazirligi hisobotida legionelloz AQSh armiyasiga tahdid solayotgani aytib o‘tilgan. Jeshuv Polshaning asosiy logistika markazi bo‘lib, Ukrainaga jo‘natilayotgan NATOning barcha qurollari shu yerdan o‘tadi. Vaziyatning AQSh uchun qulay tomoni shundaki, biologik qurollar ataylab qo‘llanganini isbotlash juda qiyin, deydi u.Mutaxassis taxmin qilishiga ko‘ra, oxir-oqibat AQSh Rossiyani Ukraina va Polshada biologik qurol ishlatganlikda ayblashi mumkin. Sabablarni aniqlash uchun u yerga xalqaro komissiya yuborishni talab qilishi mumkin, deydi mutaxassis. Onishenko aytishiga ko‘ra, ana shunday hisobot allaqachon tayyorlangan.
ukraina
polsha
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1014/91/10149158_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_92efd0b1fe2c8596de5741443b852a2e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, ukraina, polsha, aqsh
rossiya, ukraina, polsha, aqsh
Polshada yangi epidemiya, AQSh bunda Rossiyani ayblashi mumkin — Onishenko
19:45 04.09.2023 (yangilandi: 19:57 04.09.2023) Polsha va Ukrainada noma’lum epidemiya, AQSh bunda Rossiyani ayblashga tayyorlanmoqda. Oqibatlar qanday bo‘ladi?
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Polshada va Ukrainada "legionerlar kasalligi" epidemiyasi avj olishi mumkin. Bunga sabab Qo‘shma Shtatlar tomonidan qasddan ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanish bo‘lishi mumkin. AQShning maqsadi — ushbu kasallik paydo bo‘lishida Rossiyani ayblash, dedi Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, Rossiya ta’lim akademiyasi prezidenti o‘rinbosari Gennadiy Onishchenko RIA Novosti agentligiga.
“Bir necha hafta oldin Polshaning Jeshuv shahrida "legionerlar kasalligi" yoki legionelloz epidemiyasi avj olgan edi. Keyin ushbu kasallik Polshaning boshqa hududlariga ham tarqaldi", - deydi mutaxassis.
Xarkov viloyatida harbiylar orasida ham ushbu kasallik tarqaldi, lekin u yerda e’lon qilingan raqamlarga ishonish qiyin. Ushbu voqealarning xususiyati faqat bir narsadan darak beradi — bu odatiy epidemiya tarqalishiga o‘xshamaydi, bu — qasddan ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanishga o‘xshaydi.
Onishenkoning aytishiga ko‘ra, o‘tgan hafta chop etilgan AQSh Mudofaa vazirligi hisobotida legionelloz AQSh armiyasiga tahdid solayotgani aytib o‘tilgan.
Jeshuv Polshaning asosiy logistika markazi bo‘lib, Ukrainaga jo‘natilayotgan NATOning barcha qurollari shu yerdan o‘tadi. Vaziyatning AQSh uchun qulay tomoni shundaki, biologik qurollar ataylab qo‘llanganini isbotlash juda qiyin, deydi u.
Mutaxassis taxmin qilishiga ko‘ra, oxir-oqibat AQSh Rossiyani Ukraina va Polshada biologik qurol ishlatganlikda ayblashi mumkin. Sabablarni aniqlash uchun u yerga xalqaro komissiya yuborishni talab qilishi mumkin, deydi mutaxassis.
Onishenko aytishiga ko‘ra, ana shunday hisobot allaqachon tayyorlangan.