https://oz.sputniknews.uz/20230904/eoii-yagona-energetika-bozori-ozbekistonga-nima-beradi-38543007.html
YeOII yagona energetika bozori O‘zbekistonga nima beradi — ekspert
YeOII yagona energetika bozori O‘zbekistonga nima beradi — ekspert
Sputnik O‘zbekiston
Yagona energetika bozori o‘zaro hamkorlikni osonlashtiradi va, ehtimol, energiya resurslari uchun yanada qulay narxlarga olib keladi - Yushkov.
2023-09-04T15:15+0500
2023-09-04T15:15+0500
2023-09-04T15:38+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
o‘zbekiston
rossiya
gaz
gaz quvuri
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/1d/38348523_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_3e2e164fdb045a7a33a156bf713a36a4.jpg
TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) yagona energiya bozorini yaratish ustida ishlamoqda. Bu nimani anglatadi va bunday bozorning paydo bo‘lishi O‘zbekiston va YeOII o‘zaro hamkorligiga qanday ta’sir qilishini Rossiya Milliy energetika xavfsizligi jamg‘armasi eksperti Igor Yushkov Sputnik muxbiriga tushuntirib berdi.Ekspertning fikricha, yagona energiya bozorining yaratilishi Ittifoq mamlakatlari jarayonlarni sinxronlashtirishi va energetika sohasida umumiy “o‘yin qoidalari”ni qabul qilishini anglatadi. Ushbu jarayonning natijalaridan biri bozor ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini soddalashtirish bo‘ladi.O‘zbekiston va YeOII mamlakatlari o‘rtasida energetika sohasidagi hamkorlik hozir ham rivojlanib bormoqda. Jumladan, O‘zbekiston Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasi bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Yagona energiya bozori bunday hamkorlikni soddalashtiradi.Bunday bozorning yana bir ijobiy tomoni — energiya resurslarininig nisbatan arzon (raqobat ta’sirida) narxlarning paydo bo‘lish ehtimoli bor. Ammo bu yagona bozor doirasidagi o‘zaro munosabatlar qanday tashkil etilishiga bog‘liq, deb tushuntirdi Yushkov.Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida "UzGaztrade" AJ “Gazprom eksport” bilan ikki yillik shartnoma imzolagan edi. Kelishuv doirasida Rossiya 2023-yilning 1-oktabridan boshlab O‘zbekistonga kuniga to‘qqiz million kub metr tabiiy gaz yetkazib berishni boshlaydi. Yillik hajmi qariyb ikki milliard 800 million kub metrni tashkil qilishi ko‘zda tutilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/1d/38348523_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_5283845076342b7bcf5efd1fe4c6c13e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
igor yushkovning yeoii ekspert gaz rossiya o‘zbekiston gazprom
igor yushkovning yeoii ekspert gaz rossiya o‘zbekiston gazprom
YeOII yagona energetika bozori O‘zbekistonga nima beradi — ekspert
15:15 04.09.2023 (yangilandi: 15:38 04.09.2023) Igor Yushkovning fikricha, yagona bozor o‘zaro hamkorlikni osonlashtiradi va, ehtimol, energiya resurslari narxini yanada pasayishiga olib keladi.
TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) yagona energiya bozorini yaratish ustida ishlamoqda. Bu nimani anglatadi va bunday bozorning paydo bo‘lishi O‘zbekiston va YeOII o‘zaro hamkorligiga qanday ta’sir qilishini Rossiya Milliy energetika xavfsizligi jamg‘armasi eksperti Igor Yushkov Sputnik muxbiriga tushuntirib berdi.
Ekspertning fikricha, yagona energiya bozorining yaratilishi Ittifoq mamlakatlari jarayonlarni sinxronlashtirishi va energetika sohasida umumiy “o‘yin qoidalari”ni qabul qilishini anglatadi. Ushbu jarayonning natijalaridan biri bozor ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini soddalashtirish bo‘ladi.
"Umumiy o‘yin qoidalari belgilanishi va umumiy bozor yaratilishi kompaniyalar tomonidan tijorat shartnomalari tuzish va o‘zaro munosabatlarni soddalashtiradi", - deb ta’kidladi Igor Yushkov.
O‘zbekiston va YeOII mamlakatlari o‘rtasida energetika sohasidagi hamkorlik hozir ham rivojlanib bormoqda. Jumladan, O‘zbekiston Rossiyaning "Gazprom" kompaniyasi bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Yagona energiya bozori bunday hamkorlikni soddalashtiradi.
Bunday bozorning yana bir ijobiy tomoni — energiya resurslarininig nisbatan arzon (raqobat ta’sirida) narxlarning paydo bo‘lish ehtimoli bor. Ammo bu yagona bozor doirasidagi o‘zaro munosabatlar qanday tashkil etilishiga bog‘liq, deb tushuntirdi Yushkov.
“Agar (bo‘lajak yagona bozorda - tahr.) qoidalar Rossiyaning ichki gaz bozoridagi kabi bo‘lsa, masalan, O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni nafaqat "Gazprom", balki "Rosneft" va "Novotek" kabi yirik gaz ishlab chiqaruvchilar ham amalga oshirishi mumkin bo‘lsa, ular ushbu bozorlarda bir-biri bilan raqobatlashsa, iste’molchi yaxshiroq narxlarga ega bo‘lishi mumkin ", dedi u.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida "UzGaztrade" AJ “Gazprom eksport” bilan ikki yillik shartnoma imzolagan edi. Kelishuv doirasida Rossiya 2023-yilning 1-oktabridan boshlab O‘zbekistonga kuniga to‘qqiz million kub metr tabiiy gaz yetkazib berishni boshlaydi. Yillik hajmi qariyb ikki milliard 800 million kub metrni tashkil qilishi ko‘zda tutilgan.