Bu hayotni o‘zgartiradi. AQShda halokatli urush haqida ogohlantirishdi

© Fotolia / Romolo TavaniYadroviy portlash
Yadroviy portlash - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2023
Obuna bo‘lish
AQSh havo kosmik kuchlari generali: kosmosdagi urush ko‘p asrlar davomida odamlar hayotini o‘zgartiradi.
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Kosmosdagi urush butun insoniyatga xavf tug‘dirishi mumkin, dedi AQSh Kosmik kuchlari qo‘mondoni Chenc Salsman Newsweek nashriga. RIA Novosti.

"Agar yerdan tashqarida shunday urush boshlansa, bu an’anaviy havo, quruqlik va dengiz urush teatrlaridan ham ko‘proq halokatli bo‘lishi mumkin va u ko‘p asrlar davomida odamlar hayotini o‘zgartirishi mumkin", — dedi u.

Generalning so‘zlariga ko‘ra, ana shunday jangovar harakatlar tufayli insoniyatning umumiy mulki bo‘lmish kosmos ko‘p avlodlar uchun ifloslanishi mumkin.
Salsmanning qo‘shimcha qilishicha, harbiy maqsadlarga erishish uchun AQSh raqibni Amerika sun’iy yo‘ldoshlarini nishonga olish imkoniyatidan mahrum qilishi kerak. Uning fikricha, bu an’anaviy ma’noda urush bo‘ladi.
Nashrning eslatishicha, koinotda ishlashga qodir birinchi qurol fashistlar Germaniyasida ixtiro qilingan. Rossiyada kosmik kuchlar 1992-yilda paydo bo‘lgan va 2015-yilda ular RF Harbiy havo kuchlari tarkibiga kirdi. Xuddi shu yili Xitoy armiyasida kosmik kuchlar paydo bo‘ldi. Bugungi kunda ko‘proq mamlakatlar kosmosga yo‘naltirilgan harbiy tuzilmalarni yaratmoqda.
Yangiliklar lentasi
0