https://oz.sputniknews.uz/20230904/aqsh-adliya-vazirligi-rossiyaning-muzlatilgan-aktivlarini-kievga-otkazib-bermoqchi-38540980.html
AQSh Adliya vazirligi Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Kiyevga o‘tkazib bermoqchi
AQSh Adliya vazirligi Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Kiyevga o‘tkazib bermoqchi
Sputnik O‘zbekiston
AQSh Adliya vazirligi muzlatilgan Rossiya aktivlarining 1 milliard dollarini Ukrainaga o‘tkazishni rejalashtirmoqda. 04.09.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-09-04T15:33+0500
2023-09-04T15:33+0500
2023-09-04T15:43+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
aqsh
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/04/38541724_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_19f65ec280f3792ed2fd509f74e8176f.jpg
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. AQSh Adliya vazirligi xalqaro sanksiyalar ostiga tushgan bir milliard dollardan ortiq bo‘lgan Rossiya aktivlaridan Ukraina ehtiyojlari uchun foydalanishga ruxsat so‘ramoqda, dedi AQSh bosh prokurori o‘rinbosari Liza Monako CBS News telekanaliga bergan intervyusida. RIA Novosti"Biz Kongressdan olingan mablag‘larni Ukraina xalqi manfaati uchun ishlatishga ruxsat so‘rayapmiz", - dedi Monako CBS News telekanaliga bergan intervyusida Rossiyaning muzlatilgan aktivlarining kelajakdagi taqdiri haqidagi savolga javoban.Avvalroq Oq uy besh davlat milliy xavfsizlik maslahatchilari yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra, Rossiyaning AQSh, Fransiya, Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniyadagi aktivlari Rossiya Kiyevga yetkazilgan “zarar”ni qoplamaguncha muzlatib qo‘yilganligini ma’lum qilgandi. Bundan tashqari, besh ittifoqchi davlat vakillari Ukrainani Rossiyaga qarshi kurashda "kerak bo‘lgan vaqtgacha" qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish, shuningdek, uning tiklanishiga hissa qo‘shish niyatlarini tasdiqladilar.G‘arb Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiya munosabati bilan Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Yevropa Ittifoqi o‘tgan yilning fevral oyidan beri Rossiyaga qarshi o‘nta sanksiyalar paketini kuchga kiritdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatni jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini, sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini bir necha bor ta’kidlagan. Moskva mamlakat sanksiyalar bosimiga bardosh berishini bir necha bor ta’kidlagan.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/04/38541724_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_8f381a7865251acb53e794ccc8db46f8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, dunyo yangiliklari, aqsh, ukraina, rossiya
dunyoda, dunyo yangiliklari, aqsh, ukraina, rossiya
AQSh Adliya vazirligi Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Kiyevga o‘tkazib bermoqchi
15:33 04.09.2023 (yangilandi: 15:43 04.09.2023) AQSh Adliya vazirligi muzlatilgan Rossiya aktivlarining 1 milliard dollarini Ukrainaga o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. AQSh Adliya vazirligi xalqaro sanksiyalar ostiga tushgan bir milliard dollardan ortiq bo‘lgan Rossiya aktivlaridan Ukraina ehtiyojlari uchun foydalanishga ruxsat so‘ramoqda, dedi AQSh bosh prokurori o‘rinbosari Liza Monako CBS News telekanaliga bergan intervyusida.
RIA Novosti "Biz Kongressdan olingan mablag‘larni Ukraina xalqi manfaati uchun ishlatishga ruxsat so‘rayapmiz", - dedi Monako CBS News telekanaliga bergan intervyusida Rossiyaning muzlatilgan aktivlarining kelajakdagi taqdiri haqidagi savolga javoban.
Avvalroq Oq uy besh davlat milliy xavfsizlik maslahatchilari yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra, Rossiyaning AQSh, Fransiya, Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniyadagi aktivlari Rossiya Kiyevga yetkazilgan “zarar”ni qoplamaguncha muzlatib qo‘yilganligini ma’lum qilgandi. Bundan tashqari, besh ittifoqchi davlat vakillari Ukrainani Rossiyaga qarshi kurashda "kerak bo‘lgan vaqtgacha" qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish, shuningdek, uning tiklanishiga hissa qo‘shish niyatlarini tasdiqladilar.
G‘arb Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operatsiya munosabati bilan Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Yevropa Ittifoqi o‘tgan yilning fevral oyidan beri Rossiyaga qarshi o‘nta sanksiyalar paketini kuchga kiritdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatni jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini, sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini bir necha bor ta’kidlagan. Moskva mamlakat sanksiyalar bosimiga bardosh berishini bir necha bor ta’kidlagan.