https://oz.sputniknews.uz/20230903/tonggi-badantarbiya-mashqlarining-salomatlik-uchun-qanday-foydasi-bor-38528155.html
Tonggi badantarbiya mashqlarining salomatlik uchun qanday foydasi bor?
Tonggi badantarbiya mashqlarining salomatlik uchun qanday foydasi bor?
Sputnik O‘zbekiston
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, kam harakatlik oqibatida har yili dunyo bo‘yicha 5 million kishi hayotdan ko‘z yumadi.
2023-09-03T21:15+0500
2023-09-03T21:15+0500
2023-09-03T21:15+0500
bu qiziq
salomatlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1e/36453338_0:77:3072:1805_1920x0_80_0_0_9ce72d20754cf248a3222c2b22ba0755.jpg
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Tonggi badantarbiya mashqlarining salomatlik uchun qanday foydasi bor? Tibbiyot fanlari doktori, professor Gavhar Tulaboyeva foydali jismoniy mashqlar haqida tavsiya va xulosalar berdi.Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, kam harakatlik oqibatida har yili dunyo bo‘yicha 5 million kishi hayotdan ko‘z yumadi.Ta’kidlanishicha, jismoniy harakat va mashqlar ta’siri ostida to‘qimalarning kislorodga bo‘lgan ehtiyoji 8-10 barobar ortadi. Shu bois qisqa emas, takroriy mashqlar organizmni sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi.Badantarbiya chog‘ida bajariladigan nafas mashqlari esa o‘pkani yetarlicha toza havo bilan to‘yintiradi.Qayd etilishicha, jismoniy faollik organizmning kasalliklarga qarshi kurashuvchanligini oshiradi, yurak va nafas olish tizimini mustahkamlab, ichak va buyrak faoliyatini yaxshilaydi. Suyak va bo‘g‘imlarning to‘g‘ri shakllanishi hamda mustahkamlanishiga yordam beradi. Tana vaznini meyorda ushlab, fikrlash va bilim olish qobiliyatini kuchaytiradi.Ta’kidlanishicha, badantarbiyadan oldin organizmni jismoniy chiniqtirish zurur. Bundan tashqari, piyoda yurish va yugurish — jismoniy faol hayot kechirishning eng foydali usullaridan biri. Bunday mashg‘ulotlar oyoq mushaklarini mustahkamlab, qon aylanish va immun tizimini yaxshilaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/1e/36453338_279:103:2701:1919_1920x0_80_0_0_6930f1a644d8fd744e16bdaad5f276e7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tonggi badantarbiya mashqlari
tonggi badantarbiya mashqlari
Tonggi badantarbiya mashqlarining salomatlik uchun qanday foydasi bor?
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, kam harakatlik oqibatida har yili dunyo bo‘yicha 5 million kishi hayotdan ko‘z yumadi.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Tonggi badantarbiya mashqlarining salomatlik uchun qanday foydasi bor? Tibbiyot fanlari doktori, professor Gavhar Tulaboyeva foydali jismoniy mashqlar haqida tavsiya va
xulosalar berdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, kam harakatlik oqibatida har yili dunyo bo‘yicha 5 million kishi hayotdan ko‘z yumadi.
“Jismoniy mashqlar tana mushaklarini baquvvat, bo‘g‘imlarni harakatchan, qomatning to‘g‘ri shakllanishiga yordam beradi. Barchasi ertalabki badantarbiyadan boshlanadi. Bu jarayonda bajariladigan mashqlar organizmning biror a’zosi yoki tizimiga emas, balki butun tanaga birdek ijobiy ta’sir etadi. Ya’ni ichki organlarda moddalar almashinuvini yaxshilaydi”, — deydi mutaxassis.
Ta’kidlanishicha, jismoniy harakat va mashqlar ta’siri ostida to‘qimalarning kislorodga bo‘lgan ehtiyoji 8-10 barobar ortadi. Shu bois qisqa emas, takroriy mashqlar organizmni sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, ushbu mashg‘ulotlar tizimli bajarilganda tana to‘qimalari oziq moddalarni yaxshi o‘zlashtiradi. Bunday harakatlar asab tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, badantarbiyadan so‘ng odamning ham jismoniy, ham aqliy faoliyati yaxshilanadi.
Badantarbiya chog‘ida bajariladigan nafas mashqlari esa o‘pkani yetarlicha toza havo bilan to‘yintiradi.
Qayd etilishicha, jismoniy faollik organizmning kasalliklarga qarshi kurashuvchanligini oshiradi, yurak va nafas olish tizimini mustahkamlab, ichak va buyrak faoliyatini yaxshilaydi. Suyak va bo‘g‘imlarning to‘g‘ri shakllanishi hamda mustahkamlanishiga yordam beradi. Tana vaznini meyorda ushlab, fikrlash va bilim olish qobiliyatini kuchaytiradi.
Mashqlar “oddiydan — murakkabga” tamoyili asosida, pog‘onama-pog‘ona bajariladi. Bunda organizmdagi barcha tizim va mushaklarning mutanosib ishtirok etishini ta’minlash lozim. Shunda biror tana a’zosi ortiqcha zo‘riqishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ta’kidlanishicha, badantarbiyadan oldin organizmni jismoniy chiniqtirish zurur. Bundan tashqari, piyoda yurish va yugurish — jismoniy faol hayot kechirishning eng foydali usullaridan biri. Bunday mashg‘ulotlar oyoq mushaklarini mustahkamlab, qon aylanish va immun tizimini yaxshilaydi.