https://oz.sputniknews.uz/20230903/ozbekistonlik-oquvchilar-ilk-bor-xalqaro-informatika-olimpiadasida-galaba-qozondi-38523840.html
O‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasida g‘alaba qozondi
O‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasida g‘alaba qozondi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor eng nufuzli xalqaro informatika olimpiadasida ilk medallarni qo‘lga kiritdi.
2023-09-03T17:39+0500
2023-09-03T17:39+0500
2023-09-04T13:04+0500
jamiyat
o‘zbekiston
olimpiada
vengriya
o‘quvchilar
bronza medal
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/11/20105036_0:156:3001:1844_1920x0_80_0_0_68061565b3253bc4c70a58b405fa8894.jpg
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasida g‘alaba qozondi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.To‘rt nafar o‘zbekistonlik o‘quvchi Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan 35-Xalqaro informatika olimpiadasida ishtirok etdi.G‘olib o‘quvchilar:Joriy yilda mazkur Xalqaro olimpiadaga O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rildi. Ilk bor terma jamoa a’zolarini tayyorlash uchun xalqaro trener jalb qilindi. Informatika olimpiadasi oltin medali sohibi, Polsha yoshlar informatika olimpiadasi bosh koordinatori Bartosz Kostka tomonidan 10 kun davomida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan intellektual oromgoh majmuasida o‘quvchilar tayyorlandi.O‘zbekiston prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, bronza medalini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan bo‘lsa, lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama oladi.
o‘zbekiston
vengriya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/11/20105036_166:0:2833:2000_1920x0_80_0_0_8e0c9ccf0e68c0a61a0696e6dc756cf8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro informatika olimpiadasi
o‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro informatika olimpiadasi
O‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasida g‘alaba qozondi
17:39 03.09.2023 (yangilandi: 13:04 04.09.2023) O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor eng nufuzli xalqaro informatika olimpiadasida ilk medallarni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasida g‘alaba qozondi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
xabar berdi. To‘rt nafar o‘zbekistonlik o‘quvchi Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan 35-Xalqaro informatika olimpiadasida ishtirok etdi.
Olimpiada natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor eng nufuzli xalqaro informatika olimpiadasida ilk medallarni qo‘lga kiritdi.
Dilorbek Valijonov - Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi (bronza);
Dilshodbek Xo‘jayev - Toshkent shahridagi Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi (bronza).
Joriy yilda mazkur Xalqaro olimpiadaga O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rildi.
Ilk bor terma jamoa a’zolarini tayyorlash uchun xalqaro trener jalb qilindi. Informatika olimpiadasi oltin medali sohibi, Polsha yoshlar informatika olimpiadasi bosh koordinatori Bartosz Kostka tomonidan 10 kun davomida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan intellektual oromgoh majmuasida o‘quvchilar tayyorlandi.
O‘zbekiston prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, bronza medalini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan bo‘lsa, lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama oladi.