Ulug‘bek Rashitov Parij Gran-Prisi chempioni bo‘ldi — foto

© Assotsiatsiya taekvondo WT UzbekistanaYeshyo odin istoricheskiy rezultat ot Ulugbeka Rashitova
Yeshyo odin istoricheskiy rezultat ot Ulugbeka Rashitova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2023
Obuna bo‘lish
Ulug‘bek ushbu natijasi orqali oltin medal bilan birgalikda Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida 60 reyting ochkosini ham qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik taekvondochi Ulug‘bek Rashitov Parij Gran-Prisi chempioni bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston taekvondo WT assosiatsiyasi xabar berdi.
Bugun -68 kg vazn toifasida terma jamo a’zosi Ulug‘bek Rashitov Fransiya poytaxti Parijda start olgan Gran-Pri turniri g‘olibiga aylandi.
U ishtirokini 1/16 final bosqichida gabonlik Amir Sisse Mussaga qarshi jangdan boshladi. Ilk jangni osonlik bilan yakunlagan Ulug‘bek nimchorak finalda chililik Ignasio Moralesni, chorak finalda xitoylik Yushuai Liangni, yarim finalda esa xorvatiyalik Marko Golubichni ortiqcha qiyinchiliksiz musobaqadan chiqarib yubordi.
© Assotsiatsiya taekvondo WT UzbekistanaO‘zbekistonlik taekvondochi Ulug‘bek Rashitov Parij Gran-Prisi chempioni bo‘ldi
Yeshyo odin istoricheskiy rezultat ot Ulugbeka Rashitova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2023
O‘zbekistonlik taekvondochi Ulug‘bek Rashitov Parij Gran-Prisi chempioni bo‘ldi
Final bellashuvda esa Rashitov braziliyalik Edival Pontesga hech qanday imkon qoldirmadi.
© Assotsiatsiya taekvondo WT UzbekistanaO‘zbekistonlik taekvondochi Ulug‘bek Rashitov Parij Gran-Prisi chempioni bo‘ldi
Yeshyo odin istoricheskiy rezultat ot Ulugbeka Rashitova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2023
O‘zbekistonlik taekvondochi Ulug‘bek Rashitov Parij Gran-Prisi chempioni bo‘ldi
“Ulug‘bek yana bir tarixiy natijani qayd etdi. Ya’ni hamurtimiz ketma-ket ikki bor Gran-Pri turkumidagi musobaqalar chempioniga aylangan ilk o‘zbek taekvondochisiga aylandi”, deyiladi xabarda.
© Assotsiatsiya taekvondo WT UzbekistanaO‘zbekistonlik taekvondochi Ulug‘bek Rashitov Parij Gran-Prisi chempioni bo‘ldi
Yeshyo odin istoricheskiy rezultat ot Ulugbeka Rashitova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2023
O‘zbekistonlik taekvondochi Ulug‘bek Rashitov Parij Gran-Prisi chempioni bo‘ldi
Ulug‘bek ushbu natijasi orqali oltin medal bilan birgalikda Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida 60 reyting ochkosini ham qo‘lga kiritdi.
Yangiliklar lentasi
0