Ertaga o‘zbekistonlik kibersportchilar JCh yarim finalida 3-o‘rin uchun o‘yinga kirishadi

© TT.TeamO‘zbekistonlik kibersportchilar CS:GO bo‘yicha jahon chempionati yarim finalida ishtirok etdi
O‘zbekistonlik kibersportchilar CS:GO bo‘yicha jahon chempionati yarim finalida ishtirok etdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi Ruminiyada o‘tgan “Counter-Strike: Global Offensive” (CS:GO) bo‘yicha jahon chempionati yarim finalida ishtirok etdi.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Ertaga O‘zbekiston kibersport terma jamoasi CS:GO bo‘yicha jahon chempionati yarim finalida 3-o‘rin uchun o‘ynaydi.
Bugun Ruminiyada o‘tgan “Counter-Strike: Global Offensive” (CS:GO) bo‘yicha jahon chempionati yarim finalida O‘zbekiston terma jamoasi Germaniyaga qarshi o‘ynadi. Unda sportchilarning germaniyalik raqiblari ustun keldi.
Yarim finalda jamoani Ruslan Gizatov (fr0k), Amirbek Timurov (wetfy), Artem Kim (Manticore), Daniyel Li (icyvl0ne), Ibrohim Abduqodirov (kanshineF) va o‘yinchilar asoschisi Timur Memetov jamoani himoya qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Musobaqa Ruminiyada 25-avgustdan 9-sentabrgacha bo‘lib o‘tmoqda. Jahon chempionatida 24 ta jamoa ishtirok etmoqda. Sovrin jamg‘armasi 100 ming dollarni tashkil qiladi.
Yangiliklar lentasi
0