O‘zbekiston eng maqbul ovqatlanish ratsionini ishlab chiqmoqda — u kimlarga mo‘ljallangan?

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishNavro‘z bayrami
Navro‘z bayrami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2023
Obuna bo‘lish
Olimlar O‘zbekiston aholisining yurak-qon tomir kasalliklari va diabet kasalligining oldini olishga qaratilgan taomlanish dasturini ishlab chiqishmoqda.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. O‘zbekistonda aholisning yurak-qon tomir kasalliklari va diabet kasalligining oldini olishga qaratilgan taomlanish dasturi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi xabar berdi.
Aytilishicha, olimlar O‘zbekiston aholisining yurak-qon tomir kasalliklari va diabet kasalligining oldini olishga qaratilgan taomlanish dasturini ishlab chiqishmoqda.
© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy respubliki UzbekistaO‘zbekiston eng maqbul ovqatlanish ratsionini ishlab chiqmoqda.
V Uzbekistane razrabativayut optimalniy ratsion - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2023
O‘zbekiston eng maqbul ovqatlanish ratsionini ishlab chiqmoqda.
Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi Daniyaning Kopengagen universiteti bilan hamkorlikda fudomiks yo‘nalishda tadqiqotlar olib bormoqda.
Fudomiks oziq-ovqat tarkibidagi molekulalar miqdori va ularning sifati analizi bilan shug‘ullanadigan soha bo‘lib, mahsulotlarning inson sog‘ligiga ijobiy yoki salbiy ta’sirini o‘rganadi.
“Hozirda loyiha doirasida oziq-ovqat mahsulotlarining kimoviy va biologik xususiyatlarining tahlili amalga oshirilmoqda. Bunda aholi tomonidan eng ko‘p ishlatiladigan mahsulotlar (masalan, o‘simlik yog‘i)ning toksik va patogen xususiyatlari molekulyar darajada o‘rganilmoqda”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, oziq-ovqat mahsulotlarining molekulyar tarkibini tahlil qilish orqali ularning inson salomatligiga ta’siri tadqiq etiladi uva fudomik-platforma yaratiladi. Bu o‘z navbatida oziq-ovqat mahsulotlariga eng zamonaviy standart talablarini qo‘yish imkonini yaratadi.
© Ministerstvo visshego obrazovaniya, nauki i innovatsiy respubliki UzbekistaO‘zbekiston eng maqbul ovqatlanish ratsionini ishlab chiqmoqda.
V Uzbekistane razrabativayut optimalniy ratsion - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2023
O‘zbekiston eng maqbul ovqatlanish ratsionini ishlab chiqmoqda.
Hozirda Ilg‘or texnologiyalar markazi olimlari tomonidan amalga oshirilayotgan tadqiqotlarda qon-tomir kasalligi va diabetning 2-turiga oziq-ovqat mahsulotlarining ta’siri o‘rganilmoqda.
Bunda shifokorlar, biologlar, biokimogarlar va kimogar-tahlilchilar hamkorlikda ish olib bormoqda.
“O‘zbekistonda fudomiks sohasida ilk bora amalga oshirilayotgan mazkur loyiha yurtimiz aholisi orasida yurak-qon tomir kasalliklari va diabet kasalligining oldini olish, erta o‘lim sabablarini kamaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, tadqiqot natijalariga ko‘ra, yurtimiz aholisi uchun milliy ovqatlanish an’analaridan kelib chiqqan holda eng maqbul ovqatlanish ratsioni ishlab chiqiladi”, deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Ushbu loyihani amalga oshirish aholi guruhlarining fiziologik ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ovqatlanish tavsiyalarini shakllantirish uchun dalillarga asoslangan platforma yaratadi.
Yangiliklar lentasi
0