Qaysi hududda yomg‘ir yog‘adi — O‘zbekistonda 3-sentabr uchun ob-havo

© Sputnik / Aktan TemirkanovToshkent shahri
Toshkent shahri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, respublikada havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Ertaga, 3-sentabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlari +35 darajagacha isiydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Toshkentda shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15-17, kunduzi +28-30 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10-15, kunduzi +25-30 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +12-17, kunduzi +27-32 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +13-18, kunduzi +27-32 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15-20, kunduzi +30-35 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12-17, kunduzi +25-30 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10-15, kunduzi +20-25 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0