https://oz.sputniknews.uz/20230902/misr-fargona-toza-ichimlik-suvi-38504373.html
Misr Farg‘ona bilan toza ichimlik suvi tizimlarini modernizatsiya qilishda hamkorlik qiladi
Misr Farg‘ona bilan toza ichimlik suvi tizimlarini modernizatsiya qilishda hamkorlik qiladi
Sputnik O‘zbekiston
Misrning eng yirik moliya-sanoat korporatsiyasi Farg‘onada toza suv tarmog‘i tortish ishlarida ishtirok etadi.
2023-09-02T12:07+0500
2023-09-02T12:07+0500
2023-09-02T12:07+0500
iqtisod
o‘zbekiston
farg‘ona
misr
suv
xayrullo bozorov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/15/32420099_0:132:1280:852_1920x0_80_0_0_339cdddfb40aea2b1c69dc217ad50fc6.jpg
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Misrning eng yirik moliya-sanoat korporatsiyasi Farg‘ona viloyatida toza ichimlik suvi tizimlarini modernizatsiya qilishda ishtirok etadi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Misrning eng yirik moliya-sanoat korporatsiyasi Hassan Allam Holding ijrochi direktori Mahmud El-Essaviyni qabul qildi.Uchrashuvda Hassan Allam Holding ishtirokidagi quyidagi masalalar muhokama qilindi:Aytilishicha, Kampirobod suv omboridan Farg‘ona viloyatiga 1 metr diametrdagi quvurlar yordamida 133 km. toza suv tarmog‘i tortish ishlari olib borilmoqda.Uchrashuvda muhokama qilingan hamkorlik imkoniyatlari:Hassan Allam Holding geografik jihatdan Markaziy Osiyoda muhim o‘rinda turuvchi Farg‘ona viloyatida logistika markazi tashkil etishi, kompaniyaning yirik xalqaro hamkorlarini ham O‘zbekistonga jalb etishi qayd etildi.Uchrashuvda muhokama qilingan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga kelishildi.Ma’lumot uchun, Hassan Allam Holding 1936-yilda tashkil etilgan. So‘nggi 5-yil ichida u Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlarida 70 ta loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Forbes kompaniyani 100 ta eng yaxshi arab oilaviy korxonalar reytingiga kiritgan. Aktivlari 8 milliard dollar, ishchilar soni esa 45 ming nafar xodimni tashkil qiladi.
o‘zbekiston
misr
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/15/32420099_77:0:1213:852_1920x0_80_0_0_7ac8660007a5d560170c6b8d8639eb3b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston misr farg‘ona toza ichimlik suvi hassan allam holding mahmud el-essaviy
o‘zbekiston misr farg‘ona toza ichimlik suvi hassan allam holding mahmud el-essaviy
Misr Farg‘ona bilan toza ichimlik suvi tizimlarini modernizatsiya qilishda hamkorlik qiladi
Misrning eng yirik moliya-sanoat korporatsiyasi Farg‘onada toza suv tarmog‘i tortish ishlarida ishtirok etadi.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Misrning eng yirik moliya-sanoat korporatsiyasi Farg‘ona viloyatida toza ichimlik suvi tizimlarini modernizatsiya qilishda ishtirok etadi, deya xabar berdi
viloyat hokimligi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Misrning eng yirik moliya-sanoat korporatsiyasi Hassan Allam Holding ijrochi direktori Mahmud El-Essaviyni qabul qildi.
Uchrashuvda Hassan Allam Holding ishtirokidagi quyidagi masalalar muhokama qilindi:
Toza ichimlik suvi tizimlarini modernizatsiya qilish;
Oqava suvlarni tozalash tizimiga zamonaviy texnologiyalar olib kirish;
Qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish;
Qurilish materiallari va kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarini investitsion loyiha asosida barpo etish;
Viloyatda xalqaro savdo-logistika markazi tashkil etish.
Aytilishicha, Kampirobod suv omboridan Farg‘ona viloyatiga 1 metr diametrdagi quvurlar yordamida 133 km. toza suv tarmog‘i tortish ishlari olib borilmoqda.
“Hokim bu loyihani jadallashtirish maqsadida davlat xususiy shekrikchilik asosidagi investitsion takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi”, deyiladi xabarda.
Uchrashuvda muhokama qilingan hamkorlik imkoniyatlari:
Farg‘ona shahri va tutash hududlardagi ichimlik suvini zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan holda yumshatish
Beshariq tumanida ichimlik suvi tarmog‘i tortish va mavjudlarini modernizatsiya qilish
Ilg‘or texnik va texnologik yechimlar bilan viloyatdagi suv tozalash inshootlarini yangilash, bunda yuqori samarali ko‘p bosqichli tozalash tizimi joriy etish va tozalangan suvlarni muayan sohalarda qayta ishlatish imkoniyatini ta’minlash.
Hassan Allam Holding geografik jihatdan Markaziy Osiyoda muhim o‘rinda turuvchi Farg‘ona viloyatida logistika markazi tashkil etishi, kompaniyaning yirik xalqaro hamkorlarini ham O‘zbekistonga jalb etishi qayd etildi.
Uchrashuvda muhokama qilingan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga kelishildi.
Ma’lumot uchun, Hassan Allam Holding 1936-yilda tashkil etilgan. So‘nggi 5-yil ichida u Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlarida 70 ta loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Forbes kompaniyani 100 ta eng yaxshi arab oilaviy korxonalar reytingiga kiritgan. Aktivlari 8 milliard dollar, ishchilar soni esa 45 ming nafar xodimni tashkil qiladi.