https://oz.sputniknews.uz/20230901/urganchning-sobiq-hokimi-ozodlik-38473613.html
Uch yilga qamalgan Urganchning sobiq hokimi ozodlikka chiqarildi
Uch yilga qamalgan Urganchning sobiq hokimi ozodlikka chiqarildi
Sputnik O‘zbekiston
Shuhrat Abdullayev Jinoyat kodeksining 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi "a" bandi va 229−4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi "a", "b" bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan edi.
2023-09-01T08:54+0500
2023-09-01T08:54+0500
2023-09-01T08:54+0500
jamiyat
urganch
sud
hokim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/06/36597017_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_ee7ec12d24b8f40b71248ab084b8e793.jpg
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Uch yilga qamalgan Urganch shahrining sobiq hokimi Shuhrat Abdullayev ozodlikka chiqarildi. O‘zbekiston Oliy sudi kassatsiya instansiyasi 29-avgust kuni tegishli ajrim qabul qildi.Sobiq hokim JIB Xiva tuman sudining 4-iyuldagi hukmi bilan Jinoyat kodeksining 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi "a" bandi va 229−4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi "a", "b" bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan edi.Unga 2-yilga muayan huquqdan, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida mansabdor va moddiy javobgar shaxs lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 3-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan edi.Keyinchalik ish Xorazm viloyat sudi apellyatsiya instansiyasida ko‘rilgan. Sudning 4-avgustdagi ajrimi bilan birinchi instansiya sudi hukmi o‘zgarishsiz qoldirilgan.Oliy sudning JIB sudlov hay’atiga Abdullayev advokatlari u asossiz sudlangani va uning harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘qligi sababli unga nisbatan oqlov hukmi chiqarish haqida kassatsiya shikoyatlarini kiritgan.Qolaversa, Xorazm viloyat prokurori sudlanuvchi aybiga iqrorligi, qilmishidan pushaymonligi, muqaddam sudlanmaganligi va yetkazilgan moddiy zarar qoplanganligini inobatga olib, unga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlash haqida protest keltirganOliy sud kassatsiya instansiyasining 2023-yil 29-avgustdagi ajrimiga muvofiq yuqoridagi sud qarorlari o‘zgartirildi. Sudlangan Sh. A. aybiga iqrorligi, qilmishidan pushaymonligi, muqaddam sudlanmaganligi va ish bo‘yicha yetkazilgan moddiy zararni ixtiyoriy ravishda to‘liq qoplanganini inobatga olgan holda unga BHMning 500 baravari (165 mln so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.Shu tariqa, protest to‘liq, shikoyatlar esa qisman qanoatlantirildi. Abdullayevjazoni ijro etish joyida qamoqdan ozod qilinishi belgilandi.Shuhrat Abdullayev 1967-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. 2018−2020 yillar davomida Urganch shahri hokimi bo‘lgan.
urganch
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/06/36597017_184:30:939:597_1920x0_80_0_0_318d75ba4c7dd235bad65583a5b3d65c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
urganchning sobiq hokimi shuhrat abdullayev sud jazo ozodlik
urganchning sobiq hokimi shuhrat abdullayev sud jazo ozodlik
Uch yilga qamalgan Urganchning sobiq hokimi ozodlikka chiqarildi
Shuhrat Abdullayev Mansab soxtakorligi va yer berish tartibini buzishda aybdor deb topilgan edi.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Uch yilga qamalgan Urganch shahrining sobiq hokimi Shuhrat Abdullayev ozodlikka chiqarildi. O‘zbekiston Oliy sudi kassatsiya instansiyasi 29-avgust kuni tegishli ajrim qabul qildi.
Sobiq hokim JIB Xiva tuman sudining 4-iyuldagi hukmi bilan Jinoyat kodeksining 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi "a" bandi va 229−4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi "a", "b" bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan edi.
Unga 2-yilga muayan huquqdan, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida mansabdor va moddiy javobgar shaxs lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 3-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi
tayinlangan edi.Keyinchalik ish Xorazm viloyat sudi apellyatsiya instansiyasida ko‘rilgan. Sudning 4-avgustdagi ajrimi bilan birinchi instansiya sudi hukmi o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Oliy sudning JIB sudlov hay’atiga Abdullayev advokatlari u asossiz sudlangani va uning harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘qligi sababli unga nisbatan oqlov hukmi chiqarish haqida kassatsiya shikoyatlarini kiritgan.
Qolaversa, Xorazm viloyat prokurori sudlanuvchi aybiga iqrorligi, qilmishidan pushaymonligi, muqaddam sudlanmaganligi va yetkazilgan moddiy zarar qoplanganligini inobatga olib, unga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlash haqida protest keltirgan
Oliy sud kassatsiya instansiyasining 2023-yil 29-avgustdagi ajrimiga muvofiq yuqoridagi sud qarorlari o‘zgartirildi. Sudlangan Sh. A. aybiga iqrorligi, qilmishidan pushaymonligi, muqaddam sudlanmaganligi va ish bo‘yicha yetkazilgan moddiy zararni ixtiyoriy ravishda to‘liq qoplanganini inobatga olgan holda unga BHMning 500 baravari (165 mln so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Shu tariqa, protest to‘liq, shikoyatlar esa qisman qanoatlantirildi. Abdullayevjazoni ijro etish joyida qamoqdan ozod qilinishi belgilandi.
Shuhrat Abdullayev 1967-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. 2018−2020 yillar davomida Urganch shahri hokimi bo‘lgan.