https://oz.sputniknews.uz/20230901/toshkent-aeroporti-mahalliy-terminal-avtomobillar-38482509.html
Toshkent aeroporti mahalliy terminaliga avtomobillar kirishiga ilk bor ruxsat berilmoqda
Toshkent aeroporti mahalliy terminaliga avtomobillar kirishiga ilk bor ruxsat berilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
1 sentabr kuni "Toshkent-3" mahalliy aviaqatnovlar terminali oldida ikki hafta oldin boshlangan rekonstruksiya qilish ishlaridan so‘ng qurilgan yo‘lak ochildi. Hududga barcha yengil avtomobillar, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqagacha muddatga qisqa muddatli kirishga ruxsat beriladi.
2023-09-01T12:58+0500
2023-09-01T12:58+0500
2023-09-01T12:58+0500
jamiyat
toshkent xalqaro aeroporti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/01/38481931_0:110:1074:714_1920x0_80_0_0_778178d1fe44d30c21b5ff230e78291f.jpg
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. 1-sentabr kuni "Toshkent-3" mahalliy aviaqatnovlar terminali oldida ikki hafta oldin boshlangan rekonstruksiya qilish ishlaridan so‘ng qurilgan yo‘lak ochildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar qildi.Endi transport vositalarining terminal oldiga kelishi soddalashtirildi. Uchta alohida yo‘laklar paydo bo‘ldi: rasmiy aeroport taksi xizmatlari, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar, shuningdek, kuzatuvchi va kutib oluvchilar avtomobillari, jumladan, agregatorlar bilan ishlaydigan taksilar uchun.Hududga barcha yengil avtomobillar, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqagacha muddatga qisqa muddatli kirishga ruxsat beriladi. Avtomobilning yo‘lakda o‘tkazgan vaqti 10 daqiqadan oshib ketgan taqdirda, o‘rnatilgan va YHXB bilan integratsiyalashtirilgan kameralar qoidabuzarlarga avtomatik ravishda jarima soladi. Shuningdek, kelishning o‘ng va chap yo‘laklarini ajratib turuvchi sariq chiziqda to‘xtash taqiqlanadi va qoidabuzarlik hisoblanadi, buning uchun jarima ham nazarda tutiladi.Vokzal maydonini rekonstruksiya qilish ishlari hukumatning 2023-yil 17-apreldagi tegishli qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.Kompanich 2024-yilning 1-yanvariga qadar O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlarda ham terminal oldi hududlarini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilishini eslatgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/01/38481931_15:0:973:718_1920x0_80_0_0_8d0f70db055c3b3dfdf564c97217fcf6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent aeroporti mahalliy terminali avtomobillar kirishi ruxsat
toshkent aeroporti mahalliy terminali avtomobillar kirishi ruxsat
Toshkent aeroporti mahalliy terminaliga avtomobillar kirishiga ilk bor ruxsat berilmoqda
Hududga barcha yengil avtomobillar, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqagacha muddatga qisqa muddatli kirishga ruxsat beriladi.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. 1 sentabr kuni "Toshkent-3" mahalliy aviaqatnovlar terminali oldida ikki hafta oldin boshlangan rekonstruksiya qilish ishlaridan so‘ng qurilgan yo‘lak ochildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati
xabar qildi. Endi transport vositalarining terminal oldiga kelishi soddalashtirildi. Uchta alohida yo‘laklar paydo bo‘ldi: rasmiy aeroport taksi xizmatlari, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar, shuningdek, kuzatuvchi va kutib oluvchilar avtomobillari, jumladan, agregatorlar bilan ishlaydigan taksilar uchun.
Hududga barcha yengil avtomobillar, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqagacha muddatga qisqa muddatli kirishga ruxsat beriladi. Avtomobilning yo‘lakda o‘tkazgan vaqti 10 daqiqadan oshib ketgan taqdirda, o‘rnatilgan va YHXB bilan integratsiyalashtirilgan kameralar qoidabuzarlarga avtomatik ravishda jarima soladi. Shuningdek, kelishning o‘ng va chap yo‘laklarini ajratib turuvchi sariq chiziqda to‘xtash taqiqlanadi va qoidabuzarlik hisoblanadi, buning uchun jarima ham nazarda tutiladi.
“Bugungacha ma’lum bir xavfsizlik talablaridan kelib chiqqan holda avtomototransport vositalari terminal oldiga kira olmas edi. Endilikda biz haydovchilar uchun xalqaro standartlarga muvofiq, yo‘lovchilarni terminalda qoldirib, olib ketishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berdik”, — deyiladi “Uzbekistan Airports” AJ Aviatsiya xavfsizligi xizmati xabarida.
Vokzal maydonini rekonstruksiya qilish ishlari hukumatning 2023-yil 17-apreldagi tegishli qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.
Kompanich 2024-yilning 1-yanvariga qadar O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlarda ham terminal oldi hududlarini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilishini eslatgan.