https://oz.sputniknews.uz/20230901/surxondaryo-maktab-direktori-kaltaklandi-38473969.html
Surxondaryoda maktab direktori kaltaklandi – tafsilotlar
Surxondaryoda maktab direktori kaltaklandi – tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryo viloyatida hokimdan adolat talab qilgan direktor kaltaklab ketilgani aytilgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Viloyat prokuraturasi bu holatga munosabat bildirdi.Ma’lum qilinishicha, Sariosiyo tumanidagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabining direktorini o‘qituvchining yaqin qarindoshlari kaltaklagani holati yuzasidan tuman IIB tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan.
2023-09-01T09:24+0500
2023-09-01T09:24+0500
2023-09-01T11:51+0500
jamiyat
surxondaryo
maktab direktori
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/01/38473803_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_637894c2d6e4ec4a0d7da04f83617938.jpg
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Surxondaryo viloyatida hokimdan adolat talab qilgan direktor kaltaklab ketilgani aytilgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Viloyat prokuraturasi bu holatga munosabat bildirdi.Ma’lum qilinishicha, Sariosiyo tumanidagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabining direktorini o‘qituvchining yaqin qarindoshlari kaltaklagani holati yuzasidan tuman IIB tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan.Tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 2-qismi va 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.Gumon qilinuvchi shaxs ushlangan. Jinoyat ishini viloyat prokuraturasi nazoratga olgan.Surxondaryo viloyati hokimiyati matbuot xizmatiga xabariga ko‘ra, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov direktor Umida Tursunovaning holidan xabar oldi.Ta’kidlanishicha, Tursunovaga bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, boshning peshona tepa ensa sohasi ko‘plab ezilib yirtilgan jarohatlari, ikkala ko‘z yuqori va pastki qovoqlarga qontalashish tashxisi qo‘yilgan.Unga zarur tibbiy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Ayni vaqtda bemorning ahvoli barqaror.“Viloyat hokimi Umida Tursunovaga shikast yetkazgan aybdorning qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishini hamda uning to‘laqonli davolanishini o‘z nazoratiga olganligini bildirdi”, - deyilgan xabarda.
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/01/38473803_58:0:1195:853_1920x0_80_0_0_4cc77189160ca706f30c0a1b62434478.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
surxondaryo maktab direktori umeda tursunova kaltaklandi
surxondaryo maktab direktori umeda tursunova kaltaklandi
Surxondaryoda maktab direktori kaltaklandi – tafsilotlar
09:24 01.09.2023 (yangilandi: 11:51 01.09.2023) Viloyat hokimi Umida Tursunovaga shikast yetkazgan aybdorning qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishini bildirdi.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Surxondaryo viloyatida hokimdan adolat talab qilgan direktor kaltaklab ketilgani aytilgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Viloyat prokuraturasi bu holatga
munosabat bildirdi. Ma’lum qilinishicha, Sariosiyo tumanidagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabining direktorini o‘qituvchining yaqin qarindoshlari kaltaklagani holati yuzasidan tuman IIB tergovga qadar tekshiruv o‘tkazgan.
“Aniqlanishicha, maktab direktori U.T. maktab o‘qituvchisi D.K.ning dars soatlarini asossiz ravishda kamaytirgani sababli turmush o‘rtog‘i Y.M. tomonidan urib, tan jarohati yetkazilgan”, - deyilgan xabarda.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 2-qismi va 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Gumon qilinuvchi shaxs ushlangan. Jinoyat ishini viloyat prokuraturasi nazoratga olgan.
Surxondaryo viloyati hokimiyati matbuot xizmatiga
xabariga ko‘ra, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov direktor Umida Tursunovaning holidan xabar oldi.
Ta’kidlanishicha, Tursunovaga bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, boshning peshona tepa ensa sohasi ko‘plab ezilib yirtilgan jarohatlari, ikkala ko‘z yuqori va pastki qovoqlarga qontalashish tashxisi qo‘yilgan.
Unga zarur tibbiy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Ayni vaqtda bemorning ahvoli barqaror.
“Viloyat hokimi Umida Tursunovaga shikast yetkazgan aybdorning qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishini hamda uning to‘laqonli davolanishini o‘z nazoratiga olganligini bildirdi”, - deyilgan xabarda.