Rossiya Ukrainadagi mojaroda g‘olib bo‘lmoqda, G‘arb esa yutqazmoqda – AQSh Kongressi vakili

© AP Photo / Cliff OwenChlen Palati predstaviteley SShA Mardjori Teylor Grin . Arxivnoe foto
Chlen Palati predstaviteley SShA Mardjori Teylor Grin . Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2023
Obuna bo‘lish
Grin AQSh Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni davom ettirib, “begunoh odamlarning o‘limini moliyalashtirayotganini” qo‘shimcha qildi.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Rossiya Ukrainadagi mojaroda g‘olib bo‘lmoqda, G‘arb esa AQSh yolg‘onlari sabab mag‘lub bo‘lmoqda. Bu haqda AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zosi Marjori Teylor Grin ma’lum qildi.
“Amerika urushda yolg‘on gapirmoqda, fojia mana shunda. Ular – G‘arb – mag‘lub bo‘lmoqda. Rossiya g‘olib bo‘lmoqda”, - dedi Grin. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Grin AQSh Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni davom ettirib, “begunoh odamlarning o‘limini moliyalashtirayotganini” qo‘shimcha qildi.
“Takabbur yetakchilarimiz o‘rnidan turib, sulh haqida so‘z ochish fursati yetdi deb aytmagunicha, biz begunoh odamlar o‘limini moliyalashtirmoqdamiz”, - dedi u.
Yangiliklar lentasi
0