Qirg‘izistonda prezident ishtirokidagi tadbirda tartibsizlik sodir bo‘ldi – video

© Sputnik / Aleksandr Kryazhev / Mediabankka o‘tishChempionat po kok-boru. Arxivnoe foto
Chempionat po kok-boru. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2023
Obuna bo‘lish
Ko‘pkari bo‘yicha final o‘yini yakunlanishi oldidan tomoshabinlarning bir qismi hakamlar qaroridan norozilik bildirgan.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. O‘sh viloyatida kok-boru (uloq, ko‘pkari) bo‘yicha Qirg‘iziston prezidenti kubogi finalidan so‘ng ko‘ngilsiz hodisa ro‘y berdi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston.
Bosh sovrin uchun “Dostuk” (“Do‘stlik”) va “Intimak” (“Birdamlik”) jamoalari kurash olib borgan. “Birdamlik” jamoasi 2:1 hisobida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Militsiya ma’lumotlariga ko‘ra, final o‘yini tomosha qilish uchun O‘sh ippodromiga 40 mingdan ziyod tomoshabin kelgan. Bahsni Sadir Japarovning o‘zi ham tribunadan kuzatib o‘tirgan edi.
“Final o‘yini yakunlanishi oldidan tomoshabinlarning bir qismi hakamlar qaroridan norozilik bildirdi va ular tomon bo‘sh plastik butilkalarni uloqtirishni boshladi”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Hozir vaziyat barqaror, odamlar tarqalib ketgan. Ichki ishlar organi xodimlari tartib va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlamoqda.
Mamlakat Milliy xavfsizlik rahbari Qamchibek Tashiyev aybdorlar jazolanishini ma’lum qilgan.
Yangiliklar lentasi
0