https://oz.sputniknews.uz/20230901/nortoy-jovli-ashura-ozbeklar-ism-tanlashda-nimalarga-etibor-qaratgan-38404577.html
Nortoy, Jovli, Ashura: o‘zbeklar ism tanlashda nimalarga e’tibor qaratgan
Nortoy, Jovli, Ashura: o‘zbeklar ism tanlashda nimalarga e’tibor qaratgan
Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekning o‘z so‘zlari” ruknimizning navbatdagi soni o‘zbek ismlariga bag‘ishlangan.
2023-09-01T18:34+0500
2023-09-01T18:34+0500
2023-09-01T18:34+0500
jamiyat
o‘zbekiston
o‘zbekning o‘z so‘zlari
o‘zbek tili
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/1e/35500177_0:269:2062:1429_1920x0_80_0_0_f557762941def2e97975d677054bacff.jpg
Ism – insonning umrlik hamrohi. U o‘z otini bir umr “ko‘tarib yuradi” va uni eng chiroyli ism deb biladi. Shuning uchun ham ilg‘or ruhshunoslar kishi ismini to‘g‘ri, to‘liq aytishni masalahat beradilar. Ayniqsa, ota-onalar bolasi ismining noto‘g‘ri aytilishini juda og‘ir oladilar. Negaki ular farzandiga ism tanlar ekanlar, bu nomda farzandi kamolini ko‘radilar, orzu-havasini ifoda etadilar.Hozirgi kunda o‘zbek ismlari zahirasi jarangdor va ma’noli ismlar bilan boyigan, ammo har doim ham faqat chiroyli ism qo‘yish payidan bo‘linmagan. Odamzodning olis ajdodlarida ism qo‘yish bilan bog‘liq sodda tasavvurlar bo‘lgan va bunday milliy-mahalliy tutumlar asrlar davomida amal qilib kelgan. Masalan, qadimda bolaga ikkita ism qo‘yilgan: biri chin, ikkinchisi yolg‘on ism bo‘lgan. Farzand go‘daklik yoshidan o‘tib kuchga to‘lguncha, go‘yo yovuz ruhlarni chalg‘itish maqsadida uni yolg‘on ismi bilan chaqirganlar. Ya’ni ins-jinslar yolg‘on ism ortidan borib, bolani topolmaydi, deb o‘ylaganlar. Agar shunday qilinmasa, bola kasallanib, vafot etadi, deb tushunilgan. Bunday tasavvur va tutumlar rus, ingliz va boshqa xalqlarda ham bo‘lgan. Bolalarning ikki ismli bo‘lishining boshqa sababalari ham bor. Masalan, qadimdan xalqimiz tafakkurida ayrim ismlarning bolaga og‘irlik qilishidek o‘y-fikr shakllangan. Buning qanchalik to‘g‘ri ekanligini bilmadik-ku, lekin keksalarning yosh ota-onalarni go‘dakka og‘irlik qiladigan ismlarni qo‘ymaslik kerakligi haqida ogohlantirganidan, payg‘ambar va ulug‘ avliyolarning ismlarini “og‘ir ism”lar deb bilganlaridan xabarimiz bor. Albatta, bunday qarashlar shunchaki, quruq zaminda yuzaga kelib qolmagan. Og‘ir deb bilingan ism qo‘yilgan bola tez-tez kasallikka chalingan yoki vafot etgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bugungi kundagidek tibbiyot rivojlanmagan vaqtlarda kasallik sababini ismdan deb bilingani aniq. Masalan, kamina qishlog‘imizdagi Akramjon ismli kishi bolaligida ko‘p og‘riyverganligi sababli ota-onasi u kishini Solijon deb qayta ataganligini eshitganman. Hozir ham u kishini barcha Soli aka sifatida taniydi. Yoki o‘g‘liga Dovud deb ism qo‘ygan o‘rtog‘imizning onasi nevarasiga ismi og‘irlik qilayotganini aytgani qulog‘imga chalingan. Yoki Ulug‘bek ismli tengdoshim kasal bo‘laverganidan ota-onasi uning ismini O‘lmasali deb o‘zgartirganligini eshitganman.Qadim o‘zbeklarda bola tug‘ilgan vaqtda ilk bor otasining ko‘zi tushgan narsa-buyumning nomi ism qilib qo‘yilavergan. Masalan, bola tug‘ilgach, otasining ko‘zi boltaga tushsa, Boltavoy deb, teshaga tushsa Teshavoy, o‘roqqa tushsa, O‘roqboy deb ism qo‘yilgan.O‘zbek ismlari orasida bola tug‘ilgan kun, oy bilan bog‘liq ism qo‘yish odatlari bo‘lgan va va hozir ham u yoki bu darajada shu odatga amal qilinadi. Masalan, haftaning Chorshanba kunida tug‘ilgan o‘g‘il bolalarga Chorsham (shunday ismli o‘zbek shoirini siz ham tanirsiz), Chorshanboy, Chorshanbu; juma kuni tug‘ilganlariga Jumavoy, Jumali, Jumash, Jumanazar, Jumaniyoz, Jumaqo‘zi; qiz bolalarga Jumagul, Jumaxol, Odina, Sharifa deb ism qo‘yilgan. Bu o‘rinda Sharifa ismi juma kunini xalqimiz “jumai sharifa” deb sharaflashidan kelib chiqqan.Ma’lumki, islom dinida qurbonlik qilinadigan alohida vaqt belgilangan bo‘lib, bu oy xalq orasida qurbon oyi deyiladi, qamariy yil hisobi bo‘yicha esa zulhijja oyiga to‘g‘ri keladi. Shunday oyda yoki qurbon hayiti kunlarida tug‘ilgan o‘g‘il bolalarga Qurbon, Qurbonali, Qurbonxo‘ja; qiz bolalarga Qurbonoy, Qurbongul kabi ismlar beriladi.Ramazon oyida, ro‘za kunlari tug‘ilgan o‘g‘il bolalarga Ramazon, Ro‘zali, Ro‘zimat (Ro‘zimuhammad so‘zining qisqargan shakli), Ro‘zimurod; qiz bolalarga Ro‘zixon, Ro‘zibegim, Ro‘zibu, Ro‘zixol kabi ismlar qo‘yiladi.Dunyo aholisining asosiy qismi vaqtni milodiy yil asosida belgilaydi. O‘zbekistonda ham shunday vaqt tartibi amal qiladi, ammo avval unday bo‘lmagan. Ajdodlarimiz qamariy va shamsiy yil hisobida ish yuritganlar. Bunday tutum ism qo‘yish odatiga ham kirib borgan. Masalan, musulmonlar uchun muharram oyi va uning o‘ninchi kuni muqaddas sanalgan. Shunday kunlarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar Ashur, Ashurali, Ashurmat (Ashurmuhammad so‘zining so‘zining qisqargan shakli; Baxtiyor Ashurmatov degan futbolchimizning familiyasida shu ism bor); qiz bolalar Ashura, Ashurgul, Ashurxol deb atalgan. Shuningdek, Muharram ismi ham shu oyda tug‘ilgan qizlarga qo‘yiladi.Hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin: kimdir yo‘lda, kimdir to‘yda, yana kimdir hayitda tug‘iladi. Xalqimiz bu borada ham o‘zining zakiyligini namoyish eta olgan. Yo‘lda tug‘ilgan bolalarga Yo‘lchi, Yo‘lchiqul, Yo‘lturdi ismlarini bergan. Bordiyu to‘y kunida tavallud topsa, To‘ychi, To‘ybek, To‘yberdi, To‘ybibi, To‘ymirza ismi bilan atalgan. Hayit yoki boshqa bayramda tug‘ilgan bo‘lsa, Hayitvoy, Hayitali, Hayitmurod, Hayitgul, Bayramali, Bayramoy ismi qo‘yilgan.Safar oyi yoki safar paytida tug‘ilgan bolalarga Safarali, Safarmurod, Safargul, Safarniyoz deb ism berilgan.O‘zbek ismlari sirasida bolaning oiladagi nechanchi farzand ekanligi bilan bog‘liqlari ham bor. Masalan, janubiy viloyatlarimizda Chori, Choriqul, Chorimirza kabi ismlar oilada to‘rtinchi bo‘lib tug‘ilgan o‘g‘il bolalarga, beshinchi bo‘lib tug‘ilganlariga Panji ismi qo‘yiladi, agar qiz bo‘lsa Panjibibi, Panjigul, Panjixon deb ism berilgan. Oiladagi nechanchi farzand ekanligiga qarab qiz bolalarga ism berish odati musulmon dunyosida keng tarqalgan. Masalan, oilada to‘rtinchi bo‘lib tug‘ilgan qiz bolaga Robiya, Robiniso deb ism berilgan. Kenja farzandlar esa Kenja, Kenjali, Kenjamurod, Jovli, Kenjabu, Kenjabibi deb atalgan. Ammo bir qashqadaryolik do‘stimiz oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lganligi uchun Jovli deb ism qo‘yilgan ekan.Bolaning sog‘lom, to‘rt muchasi but tug‘ilishi – ota-ona uchun buyuk ne’mat. Ammo ba’zan biron-bir joyida qizillik, xol yoki ortiqcha elementi bilan ham bola tug‘iladi. O‘zbekchilikda buni Yaratganning ne’mati deb bilib, bolani shunga mos nomlash odati shakllangan. Masalan, bolaning yuzida yoki badanida qizillik bo‘lsa, Norbek, Nortoji, Anora, Nortoy kabi ismlar tanlangan. Bizning kuzatishlarmizdan bunday ismlar hududlararo farqlanar ekan. Masalan, Farg‘ona tomonlarda Anorqo‘zi, Tojiqo‘zi, Tojixon, Tojivoy, Anorxon, Anora; janubiy viloyatlarda esa Norqizil, Nortoji, Norto‘xta kabi ismlar ko‘p qo‘yilar ekan. Norqizil so‘zidagi nor so‘zi ham, qizil so‘zi ham “qizillik” ma’nosini bildiradi. Ma’lum bo‘lishicha, bola badanidagi qizillik kattaroq bo‘lsa, Norqizil ismi tanlanar ekan. Nortoji ismi ko‘pincha boshning biror joyida qizillik bo‘lsa qo‘yilar ekan.Xoli bo‘lsa, Xoldor, Xoldorali, Xolmo‘min, Xolmirza, Xolqo‘zi, Xolniso, Xolposh, Xolida, Xolbu kabi ismlar berilgan. Agar bolaning qulog‘i tutashgan joyda ortig‘i yoki oltinchi barmog‘i bo‘lsa yoxud biron-bir a’zosi meyoriy holatdan kattaroq tug‘ilsa, Ortiqali, Ortiqboy, Baraka, Jovli kabi ismlar berib kelinadi.Agar o‘g‘il bolalar sunnat qilingan holatda tug‘ilsa, Sunnat, Sunnatali, Sunnatulla, Musulmonjon ismlari qo‘yilgan.Shu o‘rinda xol bilan bog‘liq bir fikrni aytib o‘tish kerak. Masalan, rus yoki boshqa Yevropa xalqlarida xol tanadagi nuqson deb tushuniladi, tibbiyot nuqtayi nazaridan ham shunday. Ammo Sharqda unday emas, ayniqsa, yuzdagi kichik xol go‘zallik timsoli sifatida qabul qilinadi. Shuning uchun ham Hofiz Sheroziy, Abdulla Qodiriy singari ijodkorlar o‘zlarining sevimli qahramonini yuzida xoli bilan tasvirlagan va bu bilan sharq go‘zalining betakror timsolini yaratganlar: Agar on turki Sherozi ba dast orad dili moro, ba xoli hinduyash baxsham Samarqandu Buxororo – Agar ko‘nglimni shod etsa o‘shal Sheroz jononi, qaro xoliga baxsh etgum Samarqandu Buxoroni (Hofiz Sheroziydan) Shu vaqt ko‘rpani qayirib ushlagan oq nozik qo‘llari bilan latif burnining o‘ng tomonida, tabi’atning nihoyatda usta qo‘li bilan qo‘ndirilg‘an qora xolini qashidi va boshini yostiqdan olib o‘lturdi. (“O‘tkan kunlar”dan)O‘tgan galgi maqolamizda sunnat to‘yi bilan bog‘liq marosimlar borasida so‘z yuritilgan edi.“O‘zbekning o‘z so‘zlari” ruknimiz orqali har haftada o‘zbek tiliga oid juda qiziq ma’lumotlarni bilib olasiz va so‘z boyligingizni oshirasiz.Avvalgi materiallar:Shashlik yo kabob: qaysi biri o‘zbekchaligini bilasizmi?Almisoqdan qolgan, go‘riga o‘t qalamoq: iboralar tarixini bilasizmi?Eng ko‘p xato yoziladigan so‘zlar — ro‘yxatBu qiziq: o‘zbek milliy bolalar o‘yinlarini bilasizmi?“Xumpar, xo‘tik, qulun”: uy hayvonlari o‘zbekcha qanday to‘g‘ri ataladi.Yovvoyi hayvonlar o‘zbekcha qanday atalishini bilasizmi?Parrandalar o‘zbekcha qanday to‘g‘ri ataladiQo‘l uchida, bir pul: o‘zbekcha iboralarga oid qiziqarli test, Bilimingizni sinab ko‘ringAkshanba kuni test o‘tkazamiz, bilimingizni sinab ko‘rishingiz mumkin! Telegram-kanalimizga obuna bo‘lib, kuzatib boring.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Yorqinjon Odilov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/04/34607116_91:0:561:470_100x100_80_0_0_a0b8fac45f45356729de0d50f3a274a7.jpg
Yorqinjon Odilov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/04/34607116_91:0:561:470_100x100_80_0_0_a0b8fac45f45356729de0d50f3a274a7.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/1e/35500177_228:436:1751:1578_1920x0_80_0_0_79c8aea6d66e504a5470b3c92406141c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yorqinjon Odilov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/04/34607116_91:0:561:470_100x100_80_0_0_a0b8fac45f45356729de0d50f3a274a7.jpg
o‘zbek ismlari
Ism – insonning umrlik hamrohi. U o‘z otini bir umr “ko‘tarib yuradi” va uni eng chiroyli ism deb biladi. Shuning uchun ham ilg‘or ruhshunoslar kishi ismini to‘g‘ri, to‘liq aytishni masalahat beradilar. Ayniqsa, ota-onalar bolasi ismining noto‘g‘ri aytilishini juda og‘ir oladilar. Negaki ular farzandiga ism tanlar ekanlar, bu nomda farzandi kamolini ko‘radilar, orzu-havasini ifoda etadilar.
Hozirgi kunda o‘zbek ismlari zahirasi jarangdor va ma’noli ismlar bilan boyigan, ammo har doim ham faqat chiroyli ism qo‘yish payidan bo‘linmagan. Odamzodning olis ajdodlarida ism qo‘yish bilan bog‘liq sodda tasavvurlar bo‘lgan va bunday milliy-mahalliy tutumlar asrlar davomida amal qilib kelgan. Masalan, qadimda bolaga ikkita ism qo‘yilgan: biri chin, ikkinchisi yolg‘on ism bo‘lgan. Farzand go‘daklik yoshidan o‘tib kuchga to‘lguncha, go‘yo yovuz ruhlarni chalg‘itish maqsadida uni yolg‘on ismi bilan chaqirganlar. Ya’ni ins-jinslar yolg‘on ism ortidan borib, bolani topolmaydi, deb o‘ylaganlar. Agar shunday qilinmasa, bola kasallanib, vafot etadi, deb tushunilgan. Bunday tasavvur va tutumlar rus, ingliz va boshqa xalqlarda ham bo‘lgan.
Bolalarning ikki ismli bo‘lishining boshqa sababalari ham bor. Masalan, qadimdan xalqimiz tafakkurida ayrim ismlarning bolaga og‘irlik qilishidek o‘y-fikr shakllangan. Buning qanchalik to‘g‘ri ekanligini bilmadik-ku, lekin keksalarning yosh ota-onalarni go‘dakka og‘irlik qiladigan ismlarni qo‘ymaslik kerakligi haqida ogohlantirganidan, payg‘ambar va ulug‘ avliyolarning ismlarini “og‘ir ism”lar deb bilganlaridan xabarimiz bor. Albatta, bunday qarashlar shunchaki, quruq zaminda yuzaga kelib qolmagan. Og‘ir deb bilingan ism qo‘yilgan bola tez-tez kasallikka chalingan yoki vafot etgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bugungi kundagidek tibbiyot rivojlanmagan vaqtlarda kasallik sababini ismdan deb bilingani aniq. Masalan, kamina qishlog‘imizdagi Akramjon ismli kishi bolaligida ko‘p og‘riyverganligi sababli ota-onasi u kishini Solijon deb qayta ataganligini eshitganman. Hozir ham u kishini barcha Soli aka sifatida taniydi. Yoki o‘g‘liga Dovud deb ism qo‘ygan o‘rtog‘imizning onasi nevarasiga ismi og‘irlik qilayotganini aytgani qulog‘imga chalingan. Yoki Ulug‘bek ismli tengdoshim kasal bo‘laverganidan ota-onasi uning ismini O‘lmasali deb o‘zgartirganligini eshitganman.
Qadim o‘zbeklarda bola tug‘ilgan vaqtda ilk bor otasining ko‘zi tushgan narsa-buyumning nomi ism qilib qo‘yilavergan. Masalan, bola tug‘ilgach, otasining ko‘zi boltaga tushsa, Boltavoy deb, teshaga tushsa Teshavoy, o‘roqqa tushsa, O‘roqboy deb ism qo‘yilgan.
O‘zbek ismlari orasida bola tug‘ilgan kun, oy bilan bog‘liq ism qo‘yish odatlari bo‘lgan va va hozir ham u yoki bu darajada shu odatga amal qilinadi. Masalan, haftaning Chorshanba kunida tug‘ilgan o‘g‘il bolalarga Chorsham (shunday ismli o‘zbek shoirini siz ham tanirsiz), Chorshanboy, Chorshanbu; juma kuni tug‘ilganlariga Jumavoy, Jumali, Jumash, Jumanazar, Jumaniyoz, Jumaqo‘zi; qiz bolalarga Jumagul, Jumaxol, Odina, Sharifa deb ism qo‘yilgan. Bu o‘rinda Sharifa ismi juma kunini xalqimiz “jumai sharifa” deb sharaflashidan kelib chiqqan.
Ma’lumki, islom dinida qurbonlik qilinadigan alohida vaqt belgilangan bo‘lib, bu oy xalq orasida qurbon oyi deyiladi, qamariy yil hisobi bo‘yicha esa zulhijja oyiga to‘g‘ri keladi. Shunday oyda yoki qurbon hayiti kunlarida tug‘ilgan o‘g‘il bolalarga Qurbon, Qurbonali, Qurbonxo‘ja; qiz bolalarga Qurbonoy, Qurbongul kabi ismlar beriladi.
Ramazon oyida, ro‘za kunlari tug‘ilgan o‘g‘il bolalarga Ramazon, Ro‘zali, Ro‘zimat (Ro‘zimuhammad so‘zining qisqargan shakli), Ro‘zimurod; qiz bolalarga Ro‘zixon, Ro‘zibegim, Ro‘zibu, Ro‘zixol kabi ismlar qo‘yiladi.
Dunyo aholisining asosiy qismi vaqtni milodiy yil asosida belgilaydi. O‘zbekistonda ham shunday vaqt tartibi amal qiladi, ammo avval unday bo‘lmagan. Ajdodlarimiz qamariy va shamsiy yil hisobida ish yuritganlar. Bunday tutum ism qo‘yish odatiga ham kirib borgan. Masalan, musulmonlar uchun muharram oyi va uning o‘ninchi kuni muqaddas sanalgan. Shunday kunlarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar Ashur, Ashurali, Ashurmat (Ashurmuhammad so‘zining so‘zining qisqargan shakli; Baxtiyor Ashurmatov degan futbolchimizning familiyasida shu ism bor); qiz bolalar Ashura, Ashurgul, Ashurxol deb atalgan. Shuningdek, Muharram ismi ham shu oyda tug‘ilgan qizlarga qo‘yiladi.
Hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin: kimdir yo‘lda, kimdir to‘yda, yana kimdir hayitda tug‘iladi. Xalqimiz bu borada ham o‘zining zakiyligini namoyish eta olgan. Yo‘lda tug‘ilgan bolalarga Yo‘lchi, Yo‘lchiqul, Yo‘lturdi ismlarini bergan. Bordiyu to‘y kunida tavallud topsa, To‘ychi, To‘ybek, To‘yberdi, To‘ybibi, To‘ymirza ismi bilan atalgan. Hayit yoki boshqa bayramda tug‘ilgan bo‘lsa, Hayitvoy, Hayitali, Hayitmurod, Hayitgul, Bayramali, Bayramoy ismi qo‘yilgan.
Safar oyi yoki safar paytida tug‘ilgan bolalarga Safarali, Safarmurod, Safargul, Safarniyoz deb ism berilgan.
O‘zbek ismlari sirasida bolaning oiladagi nechanchi farzand ekanligi bilan bog‘liqlari ham bor. Masalan, janubiy viloyatlarimizda Chori, Choriqul, Chorimirza kabi ismlar oilada to‘rtinchi bo‘lib tug‘ilgan o‘g‘il bolalarga, beshinchi bo‘lib tug‘ilganlariga Panji ismi qo‘yiladi, agar qiz bo‘lsa Panjibibi, Panjigul, Panjixon deb ism berilgan. Oiladagi nechanchi farzand ekanligiga qarab qiz bolalarga ism berish odati musulmon dunyosida keng tarqalgan. Masalan, oilada to‘rtinchi bo‘lib tug‘ilgan qiz bolaga Robiya, Robiniso deb ism berilgan. Kenja farzandlar esa Kenja, Kenjali, Kenjamurod, Jovli, Kenjabu, Kenjabibi deb atalgan. Ammo bir qashqadaryolik do‘stimiz oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lganligi uchun Jovli deb ism qo‘yilgan ekan.
Bolaning sog‘lom, to‘rt muchasi but tug‘ilishi – ota-ona uchun buyuk ne’mat. Ammo ba’zan biron-bir joyida qizillik, xol yoki ortiqcha elementi bilan ham bola tug‘iladi. O‘zbekchilikda buni Yaratganning ne’mati deb bilib, bolani shunga mos nomlash odati shakllangan. Masalan, bolaning yuzida yoki badanida qizillik bo‘lsa, Norbek, Nortoji, Anora, Nortoy kabi ismlar tanlangan. Bizning kuzatishlarmizdan bunday ismlar hududlararo farqlanar ekan. Masalan, Farg‘ona tomonlarda Anorqo‘zi, Tojiqo‘zi, Tojixon, Tojivoy, Anorxon, Anora; janubiy viloyatlarda esa Norqizil, Nortoji, Norto‘xta kabi ismlar ko‘p qo‘yilar ekan. Norqizil so‘zidagi nor so‘zi ham, qizil so‘zi ham “qizillik” ma’nosini bildiradi. Ma’lum bo‘lishicha, bola badanidagi qizillik kattaroq bo‘lsa, Norqizil ismi tanlanar ekan. Nortoji ismi ko‘pincha boshning biror joyida qizillik bo‘lsa qo‘yilar ekan.
Xoli bo‘lsa, Xoldor, Xoldorali, Xolmo‘min, Xolmirza, Xolqo‘zi, Xolniso, Xolposh, Xolida, Xolbu kabi ismlar berilgan. Agar bolaning qulog‘i tutashgan joyda ortig‘i yoki oltinchi barmog‘i bo‘lsa yoxud biron-bir a’zosi meyoriy holatdan kattaroq tug‘ilsa, Ortiqali, Ortiqboy, Baraka, Jovli kabi ismlar berib kelinadi.
Agar o‘g‘il bolalar sunnat qilingan holatda tug‘ilsa, Sunnat, Sunnatali, Sunnatulla, Musulmonjon ismlari qo‘yilgan.
Shu o‘rinda xol bilan bog‘liq bir fikrni aytib o‘tish kerak. Masalan, rus yoki boshqa Yevropa xalqlarida xol tanadagi nuqson deb tushuniladi, tibbiyot nuqtayi nazaridan ham shunday. Ammo Sharqda unday emas, ayniqsa, yuzdagi kichik xol go‘zallik timsoli sifatida qabul qilinadi. Shuning uchun ham Hofiz Sheroziy, Abdulla Qodiriy singari ijodkorlar o‘zlarining sevimli qahramonini yuzida xoli bilan tasvirlagan va bu bilan sharq go‘zalining betakror timsolini yaratganlar: Agar on turki Sherozi ba dast orad dili moro, ba xoli hinduyash baxsham Samarqandu Buxororo – Agar ko‘nglimni shod etsa o‘shal Sheroz jononi, qaro xoliga baxsh etgum Samarqandu Buxoroni (Hofiz Sheroziydan) Shu vaqt ko‘rpani qayirib ushlagan oq nozik qo‘llari bilan latif burnining o‘ng tomonida, tabi’atning nihoyatda usta qo‘li bilan qo‘ndirilg‘an qora xolini qashidi va boshini yostiqdan olib o‘lturdi. (“O‘tkan kunlar”dan)
O‘tgan galgi maqolamizda sunnat to‘yi bilan bog‘liq marosimlar borasida
so‘z yuritilgan edi.“O‘zbekning o‘z so‘zlari” ruknimiz orqali har haftada o‘zbek tiliga oid juda qiziq ma’lumotlarni bilib olasiz va so‘z boyligingizni oshirasiz.