Mariupolda yangi maktab ochildi — video

Obuna bo‘lish
Mariupolda janglar tugaganiga hali bir yarim yil bo‘lmasdan yangi zamonaviy maktab qurib foydalanishga topshiilrdi.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. DXRning Mariupol shahrida 1100 o‘rinli yangi maktab ishga tushdi. Bu yerda o‘quvchilar uchun barcha shroitlar yaratilgan. Vaholanki, 1,5 yil oldin vaziyat butunlay boshqacha edi.
Donesk xalq respublikasi hududida Azov dengizi bo‘yida joylashgan Mariupol shahrida 2022-yilning mart-aprel oylarida shiddatli janglar bo‘lib o‘tgan edi. Turli sanoat korxonalari, yer osti inshootlari va dengiz portiga ega bo‘lgan ushbu shahar Ukraina qurolli kuchlari tomonidan mustahkam istehkomga aylantirib olingan edi. Bir oydan ortiq davom etgan qamal va otishmalar natijasida shahar butunlay vayronaga aylandi. Bu yerda birorta ham shikistlanmagan bino qolmadi.
2022 yilning aprel oyida Mariupol to‘liq Rossiya qo‘liga o‘tdi va va shu kundan bu yerda yangi turar joy binolari va jtimoiy obyektlar qurila boshladi. O‘tgan davr mobaynida shaharda bir necha ming kvadrat metr turar joy binolari, bolalar maydonchalari va sport inshootlari qurib bitkazildi.
mariupolda ochilgan yangi maktab haqida batafsil videolavhada tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0