Tarixiy sana: Fashistlar Germaniyasi Ikkinchi Jahon urushini boshlagan kun

Obuna bo‘lish
1939 yil 1-sentabr kuni fashistlar Germaniyasi Ikkinchi jahon urushini boshlagan.
Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixidagi eng yirik qurolli mojaroga aylangan.Ikkinchi jahon urushi o‘nlab mamlakatlarda 80 millionga yaqin kishining yostig‘ini quritgan.
1938 yilda Gitler, Mussolini, Daladye va Chemberlen imzolagan "Munxen shartnomasi" fashistlarga yo‘l ochib bergan,Chexoslovakiya bosib olinishiga olib kelgan va katta urush muqaddimasi bo‘lgan.
Ikkinchi jahon urushi Yevropa, Afrika va Tinch okeani hududida olib borilgan. 1940-yil iyuniga kelib ko‘plab Yevropa davlatlari fashistlar tomonidan ishg‘ol qilingan. 1941-yil 22-iyun kuni Germaniya urush e’lon qilmasdan SSSRga hujum qilgan. 1945-yil 9-may kuni Ulug‘ Vatan urushi fashistlar va ular ittifoqchilarining mag‘lubiyati bilan yakunlangan.
1945 yil 2-sentabr kuni fashistlarning so‘nggi ittifoqchisi - Yaponiya taslim bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0