https://oz.sputniknews.uz/20230901/avgust-ozbekiston-pul-otkazmalari-vtb-bank-38487606.html
Avgust oyida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari keskin oshdi — VTB bank
Avgust oyida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari keskin oshdi — VTB bank
Sputnik O‘zbekiston
VTB banki O‘zbekistonda oluvchi banklar sonini 296 taga yetkazganidan so‘ng respublika transchegaraviy o‘tkazmalar bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqdi. 01.09.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-09-01T16:02+0500
2023-09-01T16:02+0500
2023-09-01T16:02+0500
rossiya
bank
pul
pul jo‘natmalari
naqd pul
o‘zbekiston
migrantlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/01/38487934_253:0:2819:1443_1920x0_80_0_0_6da42860ef4e5449284bd13da5ef4336.jpg
TOShKENT, 1 sent — Sputnik. Avgust oyida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari keskin oshdi, deb xabar qilmoqda Rossiyaning VTB banki. Bank xabariga ko‘ra, VTB O‘zbekistonga transchegaraviy pul o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytirganidan so‘ng respublikaga tranzaksiyalar soni keskin oshgan. Bundan oldin VTBda tranzaksiyalar bo‘yicha yetakchi Tojikiston bo‘lgan. VTB, shuningdek, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Vyetnam, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, jami 12 ta davlatga pul o‘tkazmalarini taklif etadi. Bank yil oxirigacha mavjud yo‘nalishlar soni 30 ta davlatga ko‘payishini kutmoqda. “Asosiy yo‘nalishlar Turkiya va Hindiston bo‘ladi”, - deydi Xranilov.Joriy yilning yanvar oyidan avgustigacha VTB chakana mijozlari chet elga 21 milliard rubl miqdorida 140 mingdan ortiq pul o‘tkazmalarini amalga oshirgan. Asosiy tranzaksiyalar "VTB Onlayn" ilovasi orqali amalga oshirilgan. Faqat yoz oylarida 75 000 dan ortiq. Tranzaksiyalar asosan do‘st mamlakatlarga bo‘lib ularning qiymati 6,5 milliard rublni tashkil qilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 baravar ko‘p. VTB orqali transchegaraviy o‘tkazmalarni bank rekvizitlari, karta raqami yoki telefon raqami orqali amalga oshirilishi mumkin. VTB ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda ommaviy segmentda telefon raqami bo‘yicha o‘tkazmalar sonining o‘sishi kuzatilmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/09/01/38487934_461:0:2429:1476_1920x0_80_0_0_e7a7db97cef6719ab205403193dbe90a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, bank, pul, pul jo‘natmalari, naqd pul, o‘zbekiston, migrantlar
rossiya, bank, pul, pul jo‘natmalari, naqd pul, o‘zbekiston, migrantlar
Avgust oyida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari keskin oshdi — VTB bank
VTB banki O‘zbekistonda oluvchi banklar sonini 296 taga yetkazganidan so‘ng respublika transchegaraviy o‘tkazmalar bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqdi.
TOShKENT, 1 sent — Sputnik. Avgust oyida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari keskin oshdi, deb xabar qilmoqda Rossiyaning VTB banki.
Bank xabariga ko‘ra, VTB O‘zbekistonga transchegaraviy pul o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytirganidan so‘ng respublikaga tranzaksiyalar soni keskin oshgan.
"Avgust oyida biz O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirdik. Respublikada 26 ta mahalliy banklar ulangandan so‘ng O‘zbekiston darhol pul o‘tkazmalari bo‘yicha yetakchi bo‘ldi," - deydi VTB tranzaksiya chakana savdo departamentining "O‘tkazmalar" bo‘limi boshlig‘i Aleksey Xranilov.
Bundan oldin VTBda tranzaksiyalar bo‘yicha yetakchi Tojikiston bo‘lgan.
VTB, shuningdek, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Vyetnam, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, jami 12 ta davlatga pul o‘tkazmalarini taklif etadi. Bank yil oxirigacha mavjud yo‘nalishlar soni 30 ta davlatga ko‘payishini kutmoqda.
“Asosiy yo‘nalishlar Turkiya va Hindiston bo‘ladi”, - deydi Xranilov.
Joriy yilning yanvar oyidan avgustigacha VTB chakana mijozlari chet elga 21 milliard rubl miqdorida 140 mingdan ortiq pul o‘tkazmalarini amalga oshirgan. Asosiy tranzaksiyalar "VTB Onlayn" ilovasi orqali amalga oshirilgan. Faqat yoz oylarida 75 000 dan ortiq. Tranzaksiyalar asosan do‘st mamlakatlarga bo‘lib ularning qiymati 6,5 milliard rublni tashkil qilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 baravar ko‘p.
VTB orqali transchegaraviy o‘tkazmalarni bank rekvizitlari, karta raqami yoki telefon raqami orqali amalga oshirilishi mumkin. VTB ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda ommaviy segmentda telefon raqami bo‘yicha o‘tkazmalar sonining o‘sishi kuzatilmoqda.