https://oz.sputniknews.uz/20230901/andijon-ozbek-qirgiz-chegara-posti-38474502.html
Andijonda o‘zbek-qirg‘iz chegara posti ochildi – video
Andijonda o‘zbek-qirg‘iz chegara posti ochildi – video
Sputnik O‘zbekiston
“Qora-Bag‘ish” chegara o‘tkazish punkti O‘zbekiston va Qirg‘izistonning Marhamat hamda Aravon tumanlarini bog‘laydi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarada uchta nazorat-o‘tkazish punktini ochishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Xususan, 2010-yilda faoliyatini to‘xtatgan "Bekobod-Xonobod", "Qorasuv" va "Qora-Bag‘ish" postlari ochilishi kutilayotgani ma’lum qilingan edi.
2023-09-01T09:44+0500
2023-09-01T09:44+0500
2023-09-01T15:59+0500
jamiyat
andijon
qirg‘iziston
nazorat o‘tkazish punkti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/12/26286771_235:230:3088:1835_1920x0_80_0_0_2e1cb363c9c354ba0b0354c84b9b731f.jpg
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Andijon viloyati Marhamat tumanidagi Qirg‘iziston bilan chegara posti ochildi.“Mingtepa” (“Qora-Bag‘ish”) chegara o‘tkazish punkti O‘zbekiston va Qirg‘izistonning Marhamat hamda Aravon tumanlarini bog‘laydi.Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ochilish marosimda qatnashib, ikki elni birlashtiruvchi rejalaridan yana biri amalga oshgani bilan tabrikladi.“Mingtepa” chegara bojxona postida bir kunda 4-5 ming fuqaro hamda 200 tagacha avtotransport vositalari o‘tishi va qaytishi chun barcha shart-sharoitlar yaratildi.Mazkur post avval 0,5 gektar maydonda joylashgan bo‘lsa, bugungi kunda 1,12 gektar maydonni egalladi.Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarada uchta nazorat-o‘tkazish punktini ochishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Xususan, 2010-yilda faoliyatini to‘xtatgan "Bekobod-Xonobod", "Qorasuv" va "Qora-Bag‘ish" postlari ochilishi kutilayotgani ma’lum qilingan edi.Har ikki davlat o‘rtasida qo‘shimcha o‘tkazish punktlarini ochish masalasi so‘nggi bir necha yil davomida mamlakatlar hukumatlari tomonidan muhokama qilib kelinmoqda edi. Bunday punktlarni ochishdan maqsad — transport yuk oqimlari tranzitini yengillashtirish.
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/12/26286771_641:198:2817:1830_1920x0_80_0_0_f2d3c8ba97cee524c740bc2bbf774ca0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
andijon o‘zbek-qirg‘iz chegara posti kara bagish mingtepa post ma’lumot
andijon o‘zbek-qirg‘iz chegara posti kara bagish mingtepa post ma’lumot
Andijonda o‘zbek-qirg‘iz chegara posti ochildi – video
09:44 01.09.2023 (yangilandi: 15:59 01.09.2023) “Qora-Bag‘ish” chegara o‘tkazish punkti O‘zbekiston va Qirg‘izistonning Marhamat hamda Aravon tumanlarini bog‘laydi.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Andijon viloyati Marhamat tumanidagi Qirg‘iziston bilan chegara posti ochildi.
“Mingtepa” (“Qora-Bag‘ish”) chegara o‘tkazish punkti O‘zbekiston va Qirg‘izistonning Marhamat hamda Aravon tumanlarini bog‘laydi.
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ochilish marosimda qatnashib, ikki elni birlashtiruvchi rejalaridan yana biri amalga oshgani bilan tabrikladi.
“Mingtepa” chegara bojxona postida bir kunda 4-5 ming fuqaro hamda 200 tagacha avtotransport vositalari o‘tishi va qaytishi chun barcha shart-sharoitlar yaratildi.
Mazkur post avval 0,5 gektar maydonda joylashgan bo‘lsa, bugungi kunda 1,12 gektar maydonni egalladi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarada uchta nazorat-o‘tkazish punktini ochishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Xususan, 2010-yilda faoliyatini to‘xtatgan "Bekobod-Xonobod", "Qorasuv" va "Qora-Bag‘ish" postlari ochilishi kutilayotgani ma’lum qilingan edi.
Har ikki davlat o‘rtasida qo‘shimcha o‘tkazish punktlarini ochish masalasi so‘nggi bir necha yil davomida mamlakatlar hukumatlari tomonidan muhokama qilib kelinmoqda edi. Bunday punktlarni ochishdan maqsad — transport yuk oqimlari tranzitini yengillashtirish.