Yangi O‘zbekiston bog‘i atrofidagi qator ko‘chalarda harakat cheklanadi — sana va manzil

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrazdnovanie Navruza v parke "Yangi Uzbekiston".
Prazdnovanie Navruza v parke Yangi Uzbekiston. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2023
Obuna bo‘lish
Bayram tadbiri o‘tkazilishi munosabati bilan 31-avgust va 1-sentabr kunlari avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanadi..
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Bayram kunlari Toshkentning ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 31-avgust va 1-sentabr kunlari O‘zbekiston davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida bayram tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli poytaxtning Maxtumquli-Ohangaron shoh ko‘chasidan, Yangi O‘zbekiston - 4P12 yo‘li kesishgan chorrahasigacha soat 19.00 dan 22.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanadi.

"Bayram tabdirlari va mushakbozlikka tashrif buyuruvchi mehmonlar Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab harakatlanishlari mumkin", - deyiladi xabarda.

Yuqori Chirchiq, Quyi Chirchiq, O‘rta Chirchiq tumani hamda Parkent tumanlaridan tashrif buyuruvchi mehmonlar 4R12 yo‘li bo‘ylab Sharq YPX maskani orqali poytaxtga kirishlari tavsiya etiladi.
Bo‘stonliq, G‘azalkent va Qibray tumanlaridan tashrif buyuruvchi mehmonlar Chirchiq shahri orqali Yuzrobod ko‘chasi bo‘ylab Temur Malik ko‘chasi orqali poytaxtga kirishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0