Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

© Sputnik / Aleksandr Kazakov / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin. Arxivnoe foto
Prezident RF V. Putin. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2023
Obuna bo‘lish
Dunyo yetakchilari Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston mustaqilligining 32-yilligi bilan tabriklamoqda.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan tabriklab o‘zining ezgu tilaklarini bildirdi.
Xususan, Rossiya yetakchisi O‘zbekiston iqtisodiy yutuqlarini alohida ta’kidlab, Rossiya bilan sherikchilik munosabatlariga yuksak baho berdi.
"Mamlakatingiz iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda erishgan yutuqlar barchaga ma’lum, O‘zbekiston jahon maydonida katta nufuzga ega, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni hal etishda muhim rol o‘ynamoqda.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Moskva va Toshkentning MDH, ShHT, BMT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalardagi hamkorligi yaxshi samara bermoqda", - deyiladi Rossiya prezidenti tabrik so‘zida.
Tabrik oxirida Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sog‘lik va O‘zbekistonning barcha fuqarolariga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilagan.
Yangiliklar lentasi
0